Jahon | 23:50 / 06.08.2017
4124
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada poyezd relslardan chiqib ketdi

Italiyaning Trentino-Alto-Adijye viloyatida ko‘chki va toshqinlar oqibatida tezyurar poyezd relslardan chiqib ketdi, deb xabar berdi Ansa axborot agentiligi. Temir yo‘lning ba'zi hududlari katta miqdordagi tuproq ostida qolib ketgan. 

Poyezdda 200 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan, ularning hammasi evakuatsiya qilingan. 80 nafar yo‘lovchiga vagonlardan chiqishlarida yordam kerak bo‘lgan. Hech kim jabr ko‘rmagan. 

Qutqaruv operatsiyasiga favqulodda xizmatlarning 200 nafar xodimi jalb qilingan.

Ta'kidlanishicha, ko‘chki Italiyaning shimoli-g‘arbiga momaqaldiroq fronti olib kelgan kuchli yomg‘ir va do‘l oqibatida kelib chiqqan. Endi bu front qurg‘oqchilik va anomal issiq havo hukm surayotgan mamlakatning janubi tomon harakatlanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid