20:12 / 14.08.2017
85234

Fotoreportaj: Toshkentda bankomatlar ishga tushdi

Bugun, 14 avgust kunidan Toshkent shahridagi Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida o‘rnatilgan bankomatlar faoliyat ko‘rsata boshladi. Har bir bozorda bittadan bankomat o‘rnatilgan bo‘lib, fuqarolar bu bankomatlardan naqd pul yechib olmoqda. 

«Kun.uz» fotomuxbiri joylarda bo‘ldi va jarayonga guvoh bo‘ldi.

Bankomatlar «Xalq banki» tomonidan maxsus konteynerlarda olib kelingan pullarga to‘ldirilgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra bitta karta bilan 100 ming so‘m pul yechib olish mumkin. Bir kunda bir kishi bir martadan ortiq pul yechib ololmaydi (bitta karta bir kunda faqat bir marta qabul qilinadi). Bankomatlar 10000, 5000 va 1000 so‘mlik banknotlar bilan to‘ldirilgan.

Bankomat Uzcard tizimiga ulangan har qanday bank plastik kartalarini qabul qilmoqda (Korporativ kartalar qabul qilinmaydi).

«Xalq banki» shaharda yana bankomatlar o‘rnatishni rejalashtirgan.

Top