AQShning sobiq prezidentlari Sharlottsvill voqealariga munosabat bildirishdi

Foto: AFP
AQShning sobiq prezidentlari to‘ng‘ich va kenja Jorj Bushlar chorshanba kuni irqiy fanatizm va antisemetizmni qoralovchi bayonot bilan chiqishdi. Bu haqida Daily Sabah xabar berdi.
Tramp o‘tgan dam olish kunlari Sharlottsvill (Virjiniya shtati)da bo‘lib o‘tgan namoyishlarda ikki tomon namoyishchilari teng darajada aybdor ekanini aytganidan keyin qizg‘in siyosiy bahslar avj olgandi.
"Amerika irqiy fanatizm, antisemitizm va nafratning barcha ko‘rinishlarini doim inkor etishi kerak", - deya fikr bildirishdi ota-bola Bushlar.
Bayonotda Trampning ismi tilga olinmagan.
Gap shundaki, 12 avgustda Sharlottsvillda neonatsistlar mahalliy hukumatdan konfederatlar generali Robert Edvard Liga qo‘yilgan haykalni buzib tashlash g‘oyasidan voz kechishni so‘rab, tartibsiz miting o‘tkazishgan. Shundan keyin ular va ularga qarshi chiquvchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. To‘qnashuvlarda 15 kishi jabrlangan.
Keyinroq millatchilarning aksiyasiga qarshi chiqayotganlar namoyishida olomonga katta tezlikda avtomobil kelib urilgan. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 19 kishi jarohat olgan. Shu kunning o‘zida namoyishlarni monitoring qilayotgan politsiya vertolyoti qulagan, uning ichidagi 2 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

13:26 / 17.06.2023
Alabamadagi avtobus boykoti – AQShda qora tanlilarning kamsitilishiga qarshi kechgan kurash qanday boshlangan edi?

22:36 / 21.02.2023
Tramp AQShning so‘nggi 30 yildagi eng yaxshi va eng yomon prezidenti deb topildi

15:35 / 12.10.2022
O‘zbekiston davlat xizmatlari uchun kadrlar tayyorlashda Jorj Bush maktabi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

20:21 / 14.02.2022