Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda og‘ufurushlarga qarshi reydlar davomida 30 dan ko‘proq jinoyatchi yo‘q qilindi
Filippinda og‘ufurushlarga qarshi o‘tkazilayotgan reydlar davomida o‘ldirilganlar soni 32 nafarga yetdi, yana 107 kishi hibsga olindi. Bu haqda CNN Philippines telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tezkor tadbirlar davomida 230 gramm metamfetamin moddasi, 765 gramm marixuana hamda granata va o‘qotar qurollar qo‘lga kiritilgan. Reydlar bir vaqtning o‘zida mamlakatning 13 ta shahrida olib borilgan.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘zining har yilgi murojaatida xalqaro tashkilotlar tomondan tanqidga uchrashiga qaramasdan, giyohvandfurushlikka qarshi kurashda ortga chekinmasligini aytgan.
2016 yil may oyida hokimiyat tepasiga Duterte kelgandan keyin mamlakatda giyohvandfurushlik bilan bog‘langan 6 mingdan ko‘proq odam o‘ldirilgan. Dunyo hamjamiyati Filippindagi giyohvandfurushlikka qarshi kurash usullarini tanqid qilib keladi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
09:00 / 03.04.2026