Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronaldu ishida yutqazdi
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real»ning Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo‘yicha bergan apellyatsiyasini ko‘rib chiqdi.
Shikoyatni o‘rganib chiqqan komissiya «Real» da'vosini o‘rinsiz deb topdi va futbolchining diskvalifikatsiyasini o‘z kuchida qoldirdi.
Bundan avvalroq ushbu apellyatsiya qisman qondirilib, diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan bahsning 82-daqiqasida bosh hakam Rikardo Bengoechea tomonidan maydondan chetlatilgach, uni qo‘li bilan turtib yuborgan edi.
RFEF Ronalduning bu harakatlarini agressiv deb baholab, uni qizil karta uchun 1 o‘yinga, hakamni turtgani uchun 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Endi Ronaldu «Barselona»ga qarshi 16 avgust oqshomida bo‘lib o‘tadigan Superkubok javob o‘yinini, shuningdek Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Mavzuga oid
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
22:33 / 12.01.2026
«Real» Alonsoni ishdan bo‘shatdi: klasikodagi mag‘lubiyat kechirilmadi
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
01:15 / 29.12.2025