Tojikiston 2020 yilda elektr energiyasi eksportidan 120 million dollar foyda qilmoqchi
Tojikiston keyingi uch yil ichida elektr energiyasi eksportini ikki barobarga oshirib, 2020 yilga borib 3 milliard kVt.soat elektr energiyasi sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «Aziya plyus» media guruhi.
Bu haqda Respublika hukumati tomonidan tasdiqlangan, 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosiy prognozida qayd etib o‘tilgan.
2018 yilda xorijga 52, 3 million dollarlik 1,4 milliard kVt.soat elektr energiyasi sotish mo‘ljallangan. 2019 yilda respublika eksport hajmini 100 million kVt.soatga oshirib, jami 55,4 million dollar tushumga erishmoqchi. Biroq 2020 yilga borib elektr energiyasi hajmini 3 milliard kVt.soatga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shni mamlakatlarga yetkazib berilgan elektr energiyasidan keladigan umumiy tushum 120,5 million dollarga yetadi.
2018–2020 yillarda mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining o‘sishi 2,3 milliard kVt.soatga yetishi prognoz qilinmoqda. Xususan, milliy quvvatlar bilan 2018 yilda 17.667,4 mlrd. kVt.soat, 2019 yili — 19.970,9 mlrd. kVt.soat, 2020 yilda esa 19.974,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Prognozga ko‘ra, bu davr oralig‘ida aholi uchun elektr energiyasi tariflari 25,7 foizga oshirilib, hozirgi 1 kVt.soat uchun 14,65 diramdan 18,41 diramga yetkaziladi. Xususan, 2018 yili aholi elektr energiyasi uchun 7,9 foizga ko‘proq, 2019 yilda ham shuncha, 2020 yilda esa 9,9 foizga ko‘proq haq to‘lashi belgilab qo‘yilmoqda.
O‘rtacha olganda, barcha toifadagi iste'molchilar 2020 yilga borib, elektr energiyasi uchun hozirgiga nisbatan 33,3 foizga ko‘proq pul to‘lay boshlashadi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
19:32 / 31.10.2024