Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Germaniya tashqi ishlar vaziriga “joyini bilishni” maslahat qildi
Foto: EPA
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uni Germaniyadagi saylovoldi kampaniyasiga “qo‘pol aralashuvda” ayblagan Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielga keskin javob qaytardi.
“U hech qanday chegarani bilmaydi! Sen o‘zi kimsan Turkiya prezidenti bilan gaplashadigan?!”, deb yuzlangan Erdo‘g‘an. Uning bu nutqi Turkiya televideniyesi orqali namoyish qilingan.
Erdo‘g‘an Gabrielga “joyini bilishni” maslahat qilgan. “Sen siyosatda qachondan berisan? Yoshing nechida o‘zi?”, deb g‘azablanishda davom etgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an 18 avgustda Germaniyadagi siyosiy partiyalar Anqaraga nisbatan dushmanona kayfiyatda ekanligini aytgan va Germaniyada yashovchi barcha turklarni Bundestagga bo‘ladigan saylovlarga ta'sir qilishga chaqirgan. U 24 sentabrda o‘tadigan saylovlarda “o‘zini noto‘g‘ri tutadigan va “islomga qarshi kayfiyatda bo‘lgan” partiyalarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan. U, jumladan, turklarni mamlakatning amaldagi kansleri, XDI/XII (Xristian demokratik ittifoq/Xristian ijtimoiy ittifoq) partiyalar alyansi rahbari Angela Merkel va IDP (Ijtimoiy-demokratik partiya) yetakchisi Martin Shultsga ovoz bermaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
12:20 / 21.01.2026
Germaniyada minglab kishi kurdlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyalariga chiqdi
15:51 / 20.01.2026
Hamburgda sobiq kansler Shmidtning qabriga svastika chizib ketildi
14:16 / 20.01.2026