Jahon | 20:05 / 21.08.2017
8440
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp maxfiy xizmat ish haqi fondining bir yillik pulini sarflab bo‘ldi

Foto: AP Photo / Pablo Martinez Monsivais

AQSh maxfiy xizmati AQSh prezidenti Donald Tramp va uning oila a'zolarini qo‘riqlash uchun ish vaqtidan tashqari haqni to‘lashga bir yilga ajratilgan barcha mablag‘larni sarflab bo‘ldi. Bu haqda xizmat direktori Rendolf Alles ma'lum qildi. 

“Prezidentning oilasi katta, bizning vazifalar esa qonun bilan belgilangan. Men buni o‘zgartira olmayman”, deb aytgan u USA Today nashriga bergan intervyusida.

Maxsus xizmat vazifalariga AQSh rahbari va uning oila a'zolarini hamda yuqori lavozimli shaxslarni qo‘riqlash kiradi. Allesning aytishicha, bu imtiyozlardan 42 kishi, jumladan Tramp oilasining 18 a'zosi foydalanadi.

Uning aytishicha, u ish haqini to‘lash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi bo‘yicha muzokaralar boshlagan. Ta'kidlanishicha, xizmatning prezident oilasini qo‘riqlab, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan 130 xodimi hozircha buning uchun kompansatsiya olmaydilar.

Mavzuga oid