Jahon | 23:48 / 22.08.2017
6378
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Donbassga tinchlikparvar kuchlar kiritilishini taklif qilmoqchi

Foto: RIA Novosti / Mixail Palinchak

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko sentabrda BMT Bosh assambleyasida Donbassga tinchlikparvar kuchlar kiritilishini taklif qilmoqchi.

“Keyingi oyda men BMT Bosh assambleyasida Donbassga tinchlikparvar kuchlar kiritilishi g‘oyasini kiritmoqchiman”, deb aytgan Poroshenko.

U “normand to‘rtligi” doirasidagi telefon muloqotida bu g‘oyani ilgari surganini eslatib o‘tdi. U shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining maxsus monitoring missiyasini qurollantirishni taklif qildi.

“BMT tinchlikparvar missiyasi va YeXHTning qurollangan missiyasi masalasi juda og‘ir surilmoqda, bu Rossiyaning istamasligi sabablidir”, deb aytgan Poroshenko.  

U shuningdek 22 avgust kechki vaqt “normand formati”da telefon muloqoti bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgan. Unda Poroshenko yangi o‘quv yili arafasida, ya'ni 25 avgust yoki 1 sentabrdan Donbassda tinchlik o‘rnatishni taklif qilmoqchi.

“Muzokaralar davomida bolalar oxir-oqibat maktabga bora olishlari uchun 25 avgust yoki 1 sentabrdan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi e'lon qilinishi masalasi muhokama qilinadi”, deb aytgan Poroshenko Lugansk viloyatidagi chiqishida.

Ukraina prezidenti Kiyev Donbassdagi jangovar harakatlar avj olishi tashabbuschisi bo‘lmasligini, biroq hujum qilishga istalgan urinishlar qat'iy qarshilikka uchrashini aytgan. 

“Sizga yana bir bor aytmoqchiman, Ukraina hukumati jangovar harakatlar avj olishi sababchisi bo‘lmagan va bo‘lmaydi, biroq Rossiya va uning qo‘g‘irchoqlarining bunga istalgan urinishlari qa'tiy va murosasiz qarshilikka uchraydi”, deb aytgan Poroshenko.

Mavzuga oid