Terrakota armiyasi yaratilishi siri ochildi

Foto: Ge Yinian ZUMAPRESS.com / Globallookpress
Xitoylik va britaniyalik olimlar guruhi “terrakota armiyasi”– Xitoy imperatori Tsin Shixuandi maqbarasida ko‘milgan minglab askarlar va otlar haykallari qanday yaratilganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu tadqiqot haqidagi ma'lumotlar Antiquity jurnalida chop etildi.
Olimlar “armiya” yaratilgan loy tarkibini tahlil qilib, haykallar uchun xom ashyo maqbara yaqinidagi joydan olingani haqidagi xulosaga kelishgan. O‘sha zamonlarda olingan loy turli ustaxonalar orasida taqsimlab chiqilgan. Bundan haykallarni yaratishda qo‘llangan qorishmalar tarkibining turfaligi darak bermoqda.
Haykallar tana qismlari alohida yasalgan, ba'zi qismlar esa hattoki qoliplarda quyilgan. Olimlarning aytishicha, askarlarning 10 taga yaqin asosiy yuz shakllari bo‘lgan. So‘ngra ularga individual qiyofalar berilgan.
Haykallar pechlarda pishitilgandan keyin bo‘yalib, lak bilan qoplangan.
Shu bilan birga olimlar haykallar yaratilgan ustaxonalar qayerda joylashgan bo‘lganini hali aniqlashga muvaffaq bo‘lmaganlar.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

17:14 / 28.01.2022
Samarqand shahrida loyqa yomg‘ir yog‘moqda

20:51 / 27.06.2017