19:14 / 24.08.2017
17573

Xitoyda avtomobilni qo‘yish qoidasini buzgan ayol antiqa tarzda jazolandi

Foto: motor.ru

Xitoyda avtomobilni qo‘yish qoidasini buzgan ayol antiqa tarzda jazolandi. The Sun nashrining ma'lum qilishicha, ayol avtomobilini belgilanmagan joyga qo‘yishni odat qilib olgan va bu bilan qolgan haydovchilarga xalaqit qilgan. Bundan norozi bo‘lganlar ayolning avtomobilini o‘sha atrofdagi bir qavatli binoning tomiga kran yordamida ko‘chirib qo‘yishgan. 

Bensi shahrida yashovchi ayol mashinasini tegishli ruxsatga ega bo‘lmagan holda turar joy majmuasi hududiga qo‘ygan. Bir marta u mashinasini 38 soatga qoldirib ketgan va buning uchun jarimaga ham solingan. Biroq u jarimani to‘lamagan.

Avtoturargoh qo‘riqchisi ayol bilan bu borada nizolashib yurgan, biroq ayol avtoturargohdan noqonuniy ravishda foydalanib yuravergan. Qoidabuzar ayol navbatdagi marta mashinasini qolgan avtomobillar kirib-chiqishiga xalaqit qiladigan tarzda qo‘yganda turar joy majmuasi boshqaruv kompaniyasi kran chaqirtirib, ayol mashinasini bino tomiga oldirib qo‘ygan.

O‘sha kuni yana bir bor kranni chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan: bu gal u mashinani yerga tushirib qo‘ygan. Kranni kim chaqirtirganiga oydinlik kiritilmagan.

Top