Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyada 600 dan ko‘proq qurol va harbiy texnika namunasini sinovdan o‘tkazdi
Rossiya Suriyada 600 dan ko‘proq qurol-aslaha va harbiy texnika namunasini, jumladan yangi zarba berish aviatsiya vositalari va yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlarini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov ma'lum qildi.
“Deyarli barcha qurol namunalari o‘zini qanday tutishi, qanday real ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishini bila olishimiz uchun Suriyadagi ixtilofdan o‘tgan. Biz Suriyadagi ixtilof vaqtida 600 dan ko‘proq namunani sinovdan o‘tkazdik”, deb aytgan Borisov “Armiya 2017” forumi vaqtida.
Uning aytishicha, yangi aviatsiya texnikasi, yangi shikast yetkazish vositalari, himoyalangan avtomobillar, yangi kiyim-bosh sinovdan o‘tkazilgan.
“Sinovlar natijalariga ko‘ra, bir qator qurol namunalaridan voz kechishimizga to‘g‘ri keldi, chunki amaliyotning ko‘rsatishicha, ushbu namunalar ularga qo‘yilgan barcha talablarga dosh bera olmagan”, deb qo‘shimcha qilgan Borisov.
Uning ta'kidlashicha, Suriyadagi Hmaymim bazasida sanoat korxonalari mutaxassislari doimiy asosda faoliyat yuritmoqdalar. Ular aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqdalar yoki ularni qayd qilmoqdalar.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026