Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud tarkibi o‘zgartirildi
Foto: Oliy sud
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zA saytida keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra Abdil Kasimovich To‘xtashev (muddatsiz davrga), Akmal Anvarovich Murodov (10 yil muddatga), Botir Musinovich Mo‘minov (muddatsiz davrga), Jamol Kamolovich Qaxxorov (10 yil muddatga)Zaripaxon Muminjonovna Kurbonova (10 yil muddatga), Zafar Safarboyevich Nazarov (10 yil muddatga), Kamal Maksetbayevich Tarixov (10 yil muddatga), Maqsudbek Norboyevich Saidov (10 yil muddatga) Muhabbat Mirjalilovna Rabiyeva (10 yil muddatga) Muxamatali Azimovich Nazarov (muddatsiz davrga) Olim Dusmuhammatovich Xolmirzayev (10 yil muddatga), Omonjon Jumayevich Arabov (10 yil muddatga) O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Azizaxon Numanovna Najmutdinova va Qahramon Uljayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Mavzuga oid
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026