Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hemilton Shumaxerning rekordini takrorladi
"Formula-1"da "Mersedes" jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Hemilton Belgiya Gran-prisining saralashida g‘alaba qozondi.
32 yoshli britaniyalik yetti karra jahon chempioni nemis Mixael Shumaxerning yutib olingan saralashlar bo‘yicha rekordini takrorladi. Endilikda ularning har ikkisi 68 g‘alabaga ega. "Formula-1"da amaldagi poygachilar orasida Hemiltonning eng yaqin ta'qibchisi "Ferrari" poygachisi Sebastyan Fettel sanaladi. Uning hisobida 48 g‘alaba bor.
Britaniyalik eng yaxshi aylanani 1 daqiqayu 42,907 soniyada bosib o‘tdi, bu esa trassa rekordi sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya Gran-prisi poygasi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.