Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi va zamonaviy konsert zali quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni «O‘zbekiston Davlat koservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi PQ-3243 sonli qarorni imzoladi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahridagi ikkita bino, jumladan, «Toshkent» respublika fond birjasining binosi, shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi sanatoriya ham davlat konservatoriyasiga berilishi haqida xabar berilgan edi, deb yozadi Norma.uz
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tezkor foydalanish huquqi bilan poytaxtimizning Buxoro ko‘chasi 10-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar («Fond bozori axborot resurs markazi» davlat unitar korxonasi tasarrufidagi binolardan tashqari) berilmoqda. U yerda jahon standartlariga mos keluvchi zamonaviy konsert zali barpo etiladi.
Buning evaziga «Toshkent» respublika fond birjasi» aksiyadorlik jamiyati Mustaqillik ko‘chasi 107-uy manzilidagi binoni o‘z egaligiga oladi. Ushbu binoning chap qanotidagi 1-qavati va unga mos podval qismini Davlat raqobat qo‘mitasining qimmatbaho qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi tezkor foydalanishga oladi.
Mavzuga oid
18:20
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03