Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xarvi» dovuli Xyustonni to‘liq qamrab oldi
Foto: Adrees Latif
Xyuston meri Silvester Terner «Xarvi» dovuli sabab shaharda suv toshqini kuzatilayotganini ma'lum qildi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Shahar rahbari shuningdek maxsus xizmatlar insonlarni qutqarish uchun 40 qayiqni jalb qilganini ta'kidladi.
Manbaga ko‘ra, falokatga yo‘liqqan shaxslardan umumiy hisobda 2 mingga yaqin qo‘ng‘iroq qabul qilingan.
«Ko‘chaga chiqmang. Dovul tugadi deb o‘ylamang», — dedi Terner.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Amerikaning Texas shtatida kuzatilayotgan «Xarvi» dovuli qurbonlari soni 5 kishiga yetgan.
Mavzuga oid
16:03 / 14.02.2026
“Nils” dovuli sabab Yevropa janubida uch kishi halok bo‘ldi
14:40 / 01.11.2025
Karibda inqiroz: «Melissa» dovuli qurbonlar va milliardlab zarar qoldirdi
09:35 / 29.10.2025
Yamaykaga tarixidagi eng kuchli «Melissa» dovuli yopirildi
00:11 / 17.08.2025