Jahon | 21:00 / 27.08.2017
7381
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp NAFTA'ni tarixdagi eng rasvo savdo bitimi deb atadi

Foto: washingtonexaminer.com

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Amerikaning erkin savdoga doir shartnomasi (NAFTA) tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz bitim hisoblanishini ma'lum qildi. 

"Biz Meksika va Kanada bilan NAFTA (tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz shartnoma) muhokamasining takroriy jarayonidamiz", - deya yozadi Amerika yetakchisi o‘zining Twitter'ida. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, muhokama jarayoni juda qiyin kechmoqda.

"Ehtimol, buni muhokama qilishni to‘xtatarmiz?", - deya savol bilan yuzlandi Tramp.

Ta'kidlash joizki, bundan avval Amerika mehnat assotsiatsiyasining Michigan bo‘limi rahbari Ron Biber AQSh prezidentini NAFTA muhokamasidan ko‘ra golf o‘yiniga ko‘proq vaqt ajratayotgani uchun tanqid qilgandi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid