19:24 / 28.08.2017
37712

Boks, JCh–2017: Shahram G‘iyosov chorak finalga chiqqan o‘zbekistonlik oltinchi bokschi bo‘ldi

Foto: uzreport

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni davom etmoqda. 

Kecha o‘tkazilgan ikkinchi saralash bosqichida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi JCh chorak finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 28 avgust — musobaqaning to‘rtinchi kunida ikkinchi saralash bosqichida yana 5 nafar bokschimiz chorak finalga yo‘l olish uchun jang o‘tkazmoqda. 

60 kg.gacha bo‘lgan vaznda ikkinchi saralash bosqichida armanistonlik Karen Tonakanyanni mag‘lubiyatga uchratgan Elnur Abduraimov ham chorak final yo‘llanmasini hal qilganini xabar bergan edik.

69 kg.gacha vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichi Shahram G‘iyosov ukrainalik Yevgeniy Barabanovga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqqan oltinchi bokschimiz bo‘ldi.  

Bugun vakilarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadigan qolgan uch jangni UzReport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan)

91+ kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 20:15
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kem Larssen (Daniya)

52 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 22:00
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Daniel Asenov (Bolgariya)

81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 23:45
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Top