Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel mukofoti sovrindorlari insoniyatga tahdid solayotgan bosh xavflar qaysilar ekanini aytishdi
Nobel mukofoti sovrindorlari aholining ko‘payib ketishi, atrof-muhitning barbod bo‘lishi va yadroviy urush xavfini insoniyatga tahdid solayotgan bosh xavflar deb atashdi. Bu haqda Times Higher Education jurnali o‘tkazgan so‘rovnomadan ma'lum bo‘ldi.
Jurnalning ma'lum qilishicha, “insoniyatga xavf solayotgan bosh tahdidlar qaysilar?” degan savolga 50 nafar Nobel mukofoti sovrindori o‘z fikrini bildirgan: ulardan 34 foizi Yer aholisi ko‘payishini, 34 foizi atrof-muhitga putur yetishi, 23 foizi esa yadroviy urushni bosh xavf deb atashgan. Bir qator, ya'ni 6 foiz olimlar terrorchilik va “uquvsiz yetakchilar”dan xavfsirashmoqda. Jumladan, ba'zi olimlar bunday yetakchilar qatoriga AQSh prezidenti Donald Trampni kiritishgan (6 foiz olimlar).
Ushbu ro‘yxatning oxiridan giyohvand moddalar va hattoki Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘rin olgan.