Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 21:55 / 01.09.2017
8655
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyadagi 17 metrlik qum qasri Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
Foto: RP Online
Germaniyaning Duysburg shahrida qumdan qurilgan qasr Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Qasrning balandligi 16,68 metrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, bu taxminan 5 qavatli uyning balandligiga teng. Qasr qurilishiga 3,5 tonna qum sarflangan.
Ginnes rekordlar kitobi vakili ushbu qum qasrini dunyodagi eng balandi sifatida qayd qilgan. Ushbu qasr 14,84 metrni tashkil qilgan avvalgi rekordni ortda qoldirgan.
Rekordchi qasr kamida 24 sentabrgacha turishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish