Kun fotosi: Arktikada bir oy suzgan eshkakchi qo‘llari
Akademik eshkak eshish bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, britaniyalik sportchi Aleks Gregori Shimoliy muz okeani bo‘ylab ekspeditsiyada qatnashdi. U bir oy davomida eshkak eshishdan keyin qo‘llari qanday ahvolga kelib qolganini ko‘rsatdi.
Gregori Instagram’dagi sahifasida qo‘llari suratini joylashtirgan.

«Nam qo‘lqop ichida uzoq vaqt bo‘lgan qo‘llarim surati. Mozolindan (qadoq dori) muammo yo‘q edi, ammo okeanning sho‘r suvini ko‘rsatdi. Bu ajoyib tajriba», — deya yozgan Gregori.
Gregori shu yilning 20 iyulida Shimoliy Muz okeani bo‘ylab The Polar Row ekspeditsiyasida ishtirokini boshlangan edi. 6 kishilik jamoa 7 avgustdan 19 avgustga qadar bo‘lgan vaqt davomida Shimoliy Muz okeani hududida bo‘lgan.
Ekspeditsiyachilar Norvegiyadan shimolga, Shpitsbergendagi Longyir aholi yashash punktiga qadar eshkakli qayiqda suzib borgan, so‘ng taxminan shuncha masofani janubga, Islandiya tomon suzgan.
Ekspeditsiya 1,5 oy davom etib, jamoa Islandiyagacha suzib borishi kerak edi. Ammo 19 avgust kuni ular Norvegiyadagi orollardan birida to‘xtadi, jamoa a'zolari o‘zini yomon his qilgani tufayli safar muddatidan oldin yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025