Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatidan medallar bilan qaytdi
21-31 avgust kunlari Braziliyaning San-Paulo shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini yosh shaxmatchilardan Odina Olimova, Afruza Hamdamova (8 yoshgacha qizlar), Humoyun Bekmurodov (8 yoshgacha o‘g‘il bolalar), Guldona Karimova (10 yoshgacha qizlar), Islombek Sindarov (10 yoshgacha o‘g‘il bolalar), Maftuna Bobomurodova (12 yoshgacha qizlar) va Javohir Sindarov (12 yoshgacha o‘g‘il bolalar) himoya qilishdi.
Jahonning 40dan ziyod davlatidan 400ga yaqin shaxmatchilar ishtirok etgan chempionatda o‘zbekistonlik yosh kadetlar yana bir bor o‘z iqtidorlarini namoyish etib, Afruza Hamdamova kumush, Javohir Sindarov kumush, uning ukasi Islombek Sindarov esa bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Ta'kidlash kerakki, chempionatda medallar soni bo‘yicha mamalakatimiz yosh shaxmatchilari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Birinchi o‘rin amerikaliklarga (7ta medal), 3-o‘rin xitoyliklarga (1ta oltin, 1ta bronza) nasib etdi.
Mavzuga oid
22:55 / 11.04.2026
Sindorov Karuana bilan durang o‘ynadi. U 2 ochkolik farq bilan peshqadamlikda davom etmoqda
19:28 / 11.04.2026
«Sindorov-Karlsen bahsini jon deb ko‘rgan bo‘lardim» - Garri Kasparov
12:46 / 09.04.2026
Javohir Sindorov yana durang o‘ynadi
11:04 / 08.04.2026