Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning siyosiy markaziga aylanadi
5-6 sentabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi kechmoqda.
Tashrif doirasida «Ala-Archa» davlat qarorgohida ikki prezident uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
«Bir yil ichida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan munosabatlarini yaxshiladi», — degan Qirg‘iziston prezidenti.
Atamboyev O‘zbekiston rahbarining bu tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi davrni boshlab berishini qayd etgan.
«Ishonchim komilki, soxta kamtarliklarsiz e'tirof etishni istardimki, bu tashrif — xalqlarimiz uchun tarixiy voqea. O‘ylaymanki, bugungi tashrif ko‘plab muammolarga barham beradi va ikki qardosh xalq munosabatlarida yangi davrni ochib beradi», — degan Atamboyev.
«O‘zbekiston — Markaziy Osiyoda barcha davlatlar bilan chegaralarga ega yagona davlat. Biz ko‘rib turibmizki, Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida O‘zbekiston mintaqadagi barcha qo‘shni respublikalar bilan munosabatlarni sezilarli darajada yaxshiladi.
Bu siyosiy vaziyatga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Sizning iqtisodiy va siyosiy islohotlaringiz tufayli men O‘zbekiston Markaziy Osiyoning savdo va siyosiy markaziga aylanishiga ishonch bildirmoqdaman. Men Shavkat Miromonovichga mustahkam sog‘liq va oson bo‘lmagan ishda muvaffaqiyatlar, birodar o‘zbek xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman», — deya chiqishini yakunlagan Almazbek Atamboyev.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026