Fan-texnika | 19:20 / 05.09.2017
8619
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik eng tezyurar ombor yaratdi

Foto: motor.ru

Britaniyalik Kevin Niks dunyoda g‘ildiraklarga o‘rnatilgan eng tezyurar ombor qurdi. U antiqa omborni Shimoliy Yorkshirdagi Elvington aerodromi uchish polosasida soatiga 155,8 km tezlik bilan harakatlantira oldi va o‘zining avvalgi rekordini soatiga 13 km ga yaxshiladi. Ushbu holat tasvirlangan video YouTube’dagi Barcroft Cars kanalida joylashtirilgan.

Avvalboshdan Niks o‘z ombori tezligini 160 km/soat gacha erishtirmoqchi bo‘lgan, biroq kuchli shamol va yomon ob-havo sharoiti bunga xalaqit qilgan.

Niks yurar omborini 2,8 litrli dvigatelga ega Volkswagen Passat negizida qurgan. Mashinaning kuzovi metall karkasga ega yog‘och ombor bilan almashtirilgan. Bu ikki tonnalik konstruksiya tez yura olishi uchun Kevin 200 ot kuchili, azot  oksidi tizimiga ega motor o‘rnatgan. Azot oksidi tizimi mashinaga qisqa vaqtga 275 ot kuchi beradi.

Ta'kidlanishicha, bu ombor davlat raqamlari va umumiy yo‘llardan foydalanishga ruxsat olgan to‘laqonli transport vositasi hisoblanadi.