Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kia yangi avlod Cee’d prototipini namoyish qildi
Kia kompaniyasi Cee’d modelining yangi avlodi prototipi — Proceed kontsept-karini namoyish qildi. "Kommersant" shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Frankfurtdagi avtosalonda debyuti bo‘lib o‘tadigan avtomobil markaning Yevropadagi dizayn bo‘limida ishlab chiqilgan. Mashina Kia Stinger modeli uslubida ishlangan va noyob kuzovi bilan ajralib turadi.
Lava Red rangiga bo‘yalgan kontsept-kar ekstererida karbon elementlari bo‘lib, u 20 dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi. Avtomobil egasi yaqinlashganda mexanizmlar ishga tushadi, egasini qarshilab LED-chiroqlar yoqiladi.
Prototip kuzovining orqasida va radiator panjarasida GT nishonlari bor va bu kontsept-karning yangi avlod modelining "zaryadlangan" versiyasi ekaniga ishora bo‘lishi mumkin. Yangi avlod Kia cee'd avtomobillarining taqdimot sanasi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
19:00 / 16.02.2026
Kia 2025 yil natijalarini sarhisob qildi va O‘zbekistonda 2026 yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini belgilab berdi
15:00 / 10.02.2026
Kia futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati o‘yinlariga 9 ta yo‘llanmani o‘ynamoqda
11:00 / 03.02.2026
Katta futbol bolalikdagi orzudan boshlanadi. Kia bilan birgalikda - Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga
17:00 / 29.01.2026