21:40 / 08.09.2017
11765

Oliy liga. «Lokomotiv» yana g‘alaba qozondi. Navoiyda haqiqiy drama kuzatildi

O‘zbekiston chempionatining 20-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda «Lokomotiv» «Sho‘rtan»ni qabul qilib, Marat Bikmayevning yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Nasaf» esa Bobir Abduholiqovning goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Navoiyda «Qizilqum» Toshkentning «Bunyodkor» klubini qabul qilib, 11 daqiqada uchta gol kiritdi va mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Jamoa avvaliga 0:2, keyin esa 2:3 hisobida ortda borayotgandi.

Ushbu turdagi g‘alabadan keyin «Lokomotiv» ochkolari sonini 45taga yetkazib oldi va bitta kam o‘yin o‘tkazishiga qaramasdan, asosiy ta'qibchisini 9  ochkoga ortda qoldirmoqda.

Oliy Liga, 20-tur
«Nasaf» – «Olmaliq» 1:0 (1:0).
Gol: Bobir Abduxoliqov (15).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Odiljon Hamrobekov, Dilshod Rahmatullayev (Azizbek G‘aniyev, 77), Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev, Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Bobir Abduxoliqov (Jasur Hasanov, 67), Dragan Cheran, Umarbek Eshmurodov.
«Olmaliq»: Nizomiddin Ziyovuddinov, Abduqahhor Hojiakbarov, Shota Grigalashvili (Shohnazar Norbekov, 11) (Xurshid Muxtorov, 20), Viktor Klishin (Dilshod Jo‘rayev, 57), Lutfulla To‘rayev, Shavkat Mullajanov, Islom Inomov, Zafar Polvonov, Rahmatilla Berdimurodov, Sanjar Rixsiboyev, Igor Yyelich.

«Qizilqum» – «Bunyodkor» 3:3 (0:2)
Gollar: Otabek Zokirov (79), Fayzullo Qambarov (82), Artur Gevorkyan (90) — Vohid Shodiyev (29), Dostonbek Hamdamov (40), Shohrux Gadoyev (84). 
«Qizilqum»: Erkin Jabborov, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Nodirxon Kamolov, Otabek Zokirov, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev (Viktor Grigorev, 70), Ilhom Yunusov (Akram Bahritdinov, 74), Otabek Isroilov (Samandar Shodmonov, 46).
«Bunyodkor»: Suhrob Sultonov, Rustam Ashurmatov, Islomjon Qobilov, Akramjon Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Vohid Shodiyev (Shohruz Norxonov, 71), Doston Hamdamov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Shohrux Gadoyev, Mirjamol Qosimov (Otabek Shukurov, 54).

«Lokomotiv» – «Sho‘rtan 1:0 (0:0).
Gol: Marat Bikmayev (57).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrt Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Azizbek Omonov.
«Sho‘rtan»: Alibek Turobov, Hasanboy Ergashev, Olimjon Karimov, Igor Taran, Laziz Ubaydulayev, OBid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Sunnatillo Mamadaliyev, Otabek Narzullayev, Ruslan Melziddinov, Maradona Safarov.

Top