Jahon çempionatiga çiqiş uçun nima qiliş kerak? Uç kun oldin bu savolga «Janubiy Koreya darvozasiga birgina gol urilsa kifoya» deb javob berilgan bölardi. Endi esa, javob yanada murakkab – milliy çempionatni yaxşilaş, kelişilgan öyinlarga qarşi kuraşiş, bolalar futbolini rivojlantiriş, federatsiyaning har bir xodimini işdan böşatiş va hokazo va hokazo... Nahotki futbolimizda söz birikmasiga aylanib ketgan bu oğir vazifalarning salmoği birgina gol bilan teng bölsa? Nahotki birgina gol urişimiz uçun şunça işni amalga oşirişga majbur bulsak?

Umumiy javoblar, katta muammolarni kötariş göyoki vaziyatga çuqur baho berilayotgandek tasavvurni paydo qilsa-da, aslida tahlil qilişga halaqit qiladi. Aybdorlarni terma jamoaning, federatsiyaning va hatto futbol sohasining taşqarisidan qidirişga majbur qiladi, bu ahvolimizda bundan ortiğiga ham loyiq emasdik, deb fikr yuritişga undaydi.

Albatta, javoblarning barçasi töğri, har bir muammo, har bir notöğri qaror  yakuniy natijaga öz salbiy ta'sirini ötkazmay qolmaydi. Lekin bu muammolar haqida faqat Janubiy Koreya bilan öyinining ertasiga emas, har doim, hatto Janubiy Koreyani yirik hisobda yutayotgan paytimizda ham gapiraveriş kerak. Muammo bormi, yakuniy natijadan qat'i nazar, uni yeçişga harakat qiliş, u haqida gapiriş lozim bölib qoladi. Terma jamoa muvaffaqiyatsizlikka uçraganda esa, aynan terma jamoa, uning rahbarlari va murabbiylari, futbolçilari munozaralar markazida bölişi şart.

Qiziq-da, ayb Babayanda emas, boşqa murabbiy bölganidayam, bunday şaroitlarda yaxşiroq natija qila olmasdi, deydiganlar çiqadi, boşqa murabbiylar davridayam çiqqan – qanday qilib, terma jamoaga tarkibni tanlagan, taktikani işlab çiqqan, tayyorgarlik rejasini tuzgan va öyinga futbolçilarni boşlab tuşgan şaxsda ayb bölmasligi kerak?

Öz navbatida, barça muvaffaqiyatsizliklarni bir şaxsga boğlab qöyiş ham xato, bu holatda boş murabbiyni iste'foga çiqariş orqali, göyoki barça masalani yeçgandek körinamiz va 4 yildan keyin yana ayni nuqtaga qaytib kelişimiz turgan gap.

Samvel Babayanning iste'fosi muammoning yeçimi emas, undan keyin amalga oşiriladigan bir neça harakatlar zanjirining deboçasi bölişi kerakki, aynan şu masaladagi fikrlarim bilan örtoqlaşmoqçiman.  Ya'ni, mavzuga, maqola avvalida berilgan savolga javob izlab köramiz.

1. Futbolçilarimizning bugungi ahvolini terma jamoa rakursidan örganiş

Mutaxassislardan iborat ilmiy guruh tuziladi va terma jamoamizga nomzodlarning umumiy holati çuqur tahlil qilinadi. Qaysi futbolçilar keyingi sikllarda bizga yordam bera olmaydi, qaysi futbolçilar ularning örnini bosişi mumkin? Ularning öyin uslubi qanaqa? Umuman millatimizning, futbolçilarimizning salohiyati, jismoniy körsatkiçlari, öziga xosliklari qanday öyinga mosroq keladi? Oldingi öyinlarda qaysi çiziqlar bizga köproq pand berdi va qaysi nuqtalarga urğu berişimiz kerak? Yoşlar va ösmirlarning umumiy ahvoli qay darajada? Hali e'tiborimizdan çetda bölgan legionerlardan tortib, oliy ligadagi har bir potensial nomzod, kerak bölsa, yuzlab futbolçilar ustida tahliliy hisobotlar tayyorlanişi kerak böladi. Yakunda, terma jamoamiz qanday futbol öynaşi kerak, futbolçilarimizdan qanday foydalansak, maqsadga muvofiq böladi, kabi savollarga javob izlanadi.