JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 5-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Qatar bilan o‘yinda juda alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Foto: UFA
Srechko Katanets shogirdlari uchun birinchi bo‘lim juda omadsiz o‘tdi. Eldor Shomurodov 21-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etgach, zaxiradan o‘yingacha betob bo‘lgan Jaloliddin Masharipov tushdi. Ammo bo‘lim yakuniga qadar vaziyat yanada yomonlashdi. 26 va 41-daqiqada Afifning uzatmalaridan keyin Ali Almoez dublga erishib, jamoasini tanaffusga ikkita to‘p farqidagi ustunlik bilan olib chiqdi – 2:0.
Katanetsning ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlari nihoyat 75-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Hujumkorlikni oshirgan vakillarimiz Abbosbek Fayzullayevning bosh bilan yo‘llagan zarba bilan hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, yana 21 yoshli yarimhimoyachining o‘zi katta sahnaga chiqib, Masharipovning uzatmasini golga aylantirdi – 2:2.
So‘nggi daqiqalarda ushbu durangni saqlab qolish uchun yarimhimoyachi Azizbek Turg‘unboyev o‘rniga himoyachi Rustam Ashurmatovning maydonga tushirilishi o‘zini oqlamadi. 90+12-daqiqada qatarliklar Mendesning goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi – 3:2.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi Dohadagi alamli mag‘lubiyatdan keyin 10 ochko bilan guruhda Erondan (13 ochko) keyin 2-o‘rinda bormoqda. Qatar esa 7 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. O‘zbekiston navbatdagi turni 19 noyabr kuni Laosda KXDRga qarshi o‘tkazadi.
Guruhdagi ikkinchi bahsda BAA Qirg‘iziston ustidan yirik 3:0 hisobida zafar quchdi va 7 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
JCh-2026 saralashi. 5-tur
Qatar – O‘zbekiston – 3:2
Hakam: Kim Jong Xyok (J.Koreya)
VAR: Kim Xigon (J.Koreya)
Gollar: Ali Almoez 26, 41, Lukas Mendes 90+12 – Abbos Fayzullayev, 75, 80.
Qatar: 22.Mash’al Barsham, 4.Muhammad Vaad, 5.Tari Salmon, 7.Ahmad al-Ganohi, 10.Akrom Afif, 12.Lukas Mendes, 13.Ibrohim Muhammad, 15.Bassam Al Ravi, 16.Bualem Xuxi, 19.Ali Almoez, 20.Ahmad Abdulla.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Otabek Shukurov (8.Jamshid Iskanderov, 70), 9.Odil Hamrobekov, 13.Sherzod Nasrullayev (4.Farrux Sayfiyev, 70), 14.Eldor Shomurodov (10.Jaloliddin Masharipov, 21), 18.Abdulla Abdullayev (17.Bobur Abduxoliqov, 46), 19.Azizbek Turg‘unboyev (5. Rustam Ashurmatov, 90), 22.Abbosbek Fazullayev, 23.Husniddin Aliqulov.
BAA – Qirg‘iziston – 3:0.
Guruhdagi vaziyat:
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:22 / 01.02.2025
Qatar O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga qabul qilishga tayyorlanmoqda

20:38 / 13.01.2025
Qatar G‘azo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi

19:27 / 07.01.2025