Jamoalar qanday vaziyatda?
Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 hal qiluvçi saralaş bosqiç 5-turidan oldin «A» guruhida Eron bilan bir xil – 10 oçkodan töplab, qöşhokimlik örnatgan. Vakillarimiz mağlubiyat nimaligi bilişmayapti – 4 öyinda 3 ğalaba va Eron bilan durang qayd etildi. Osiyo kubogining amaldagi ğolibi Qatar esa JÇ-2026 saralaşini muvaffaqiyatsiz ötkazmoqda – 4 öyinda 1 ğalaba va 1 durang qayd etib, 4 oçko bilan 4-örinda bormoqda.

Bugungi bahsdagi ğalaba Sreçko Katanets şogirdlari uçun JÇ-2026 sari katta qadamga aylanadi, Qatar 3 oçkoni qölga kiritgan taqdirda dastlabki ikki öringa beriladigan töğridan-töğri yöllanma uçun imkoniyatini saqlab qoladi. Şu bois, ötgan turda Eronga yirik hisobda mağlub (1:4) bölgan qatarliklar bu bahsga hayot-mamot masalasidek yondaşişi mumkin.
Özbekistonning ötgan 4 turdagi natijasi:
1-tur. Özbekiston – KXDR – 1:0
2-tur. Qirğiziston – Özbekiston – 2:3
3-tur. Özbekiston – Eron – 0:0
4-tur. Özbekiston – BAA – 1:0
Qatarning ötgan 4 turdagi natijasi:
1-tur. Qatar – BAA – 1:3
2-tur. KXDR – Qatar – 2:2
3-tur. Qatar – Qirğiziston – 3:1
4-tur. Eron – Qatar – 4:1
Özaro öyinlar: Ustunlik Özbekistonda
Qatarga qarşi bugungi uçraşuv milliy jamoamizning uşbu raqib bilan 16-öyiniga aylanadi. Vakillarimiz ötgan 15ta öyindan 9tasida ğalaba qozongan. Boşqa biror jamoa ustidan bu qadar köp ğalabaga erişmaganmiz, Turkmanistonni hisobga olmaganda – 10 öyindan 9 tasida ustun kelganmiz.
Ötgan 15 öyinda milliy jamoamiz qatarliklar darvozasiga 25ta töp kiritgan. Bundan köproq golni faqat Turkmaniston (27) va Xitoy Taypeyiga (30) urganmiz. Özaro bahslarda Özbekiston 9 marta ğalaba qozongan bölsa, Qatar 4tasida yutgan – sönggisi Qatardagi Osiyo kubogida mezbonlar çorakfinalda penaltilar seriyasida (1:1, 3:2) ustun kelgan. 10 oy avvalgi uşbu alamli mağlubiyat uçun Katanets şogirdlarida bugun revanş imkoniyati bor.











