19:34 / 11.09.2017
0
13156

Muvaffaqiyatli IT-biznesni yo‘lga qo‘yishning 8 tamoyili

Foto: lifehacker

Hindistonlik ishbilarmon Bxavin Turakxiya IT sohasida muvaffaqiyatli loyiha yaratishga doir qoidalari bilan bo‘lishdi. "Layfxaker" ishbilarmonga barcha IT-loyihalarni yaratish va muvaffaqiyatga erishishda yordam beruvchi 8 tamoyil haqidagi ma'lumotni taqdim etdi.

Bxavin Turakxiya - seriyali texnologik ishbilarmon, Flock kompaniyasi asoschisi va bosh direktori. 19 yildan beri mazkur sohada faoliyat yuritadi, bugunga qadar 11 kompaniyaga asos solgan.

1. Qiymatni emas, qadrni oshiruvchi biznesni yo‘lga qo‘yishga diqqatni qaratish

Mening har bir loyiham avval boshdanoq shunchaki pul ishlash uchun emas, oxir-oqibat dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. IT-ishbilarmon tomonidan yaratilayotgan mahsulot birinchi navbatda kompaniya narxini oshirish emas, mijozlarning turmush sifatini yaxshilash uchun xizmat qilishi kerak.

Bozor narxi insonlarning hayotini yaxshilovchi muvaffaqiyatli mahsulotning aks natijasidir.

2. Faqat eng yaxshi xodimlarni ishga yollash

Har qanday biznesning eng qadrli aktivi — odamlar. Shunchaki ishga yollash va bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish muvaffaqiyat keltirmaydi.

Men o‘z loyihalarimga doim eng yuqori standartlarga javob beradigan xodimlarni izlashga harakat qilaman, ularni soha bozoridan topib, ishga jalb qilaman. Shu bilan birga xodimlarni o‘qitish va ularning salohiyatini rivojlantirishga ham mablag‘ ajratish lozim. Bunda xodimlar malaka oshirib, o‘z bilimlarini boyitish imkoniga ega bo‘lishadi.

Biz ikki marta IT-biznesdan yirik pul bilan chiqqanmiz: 2014 yilda - 160 million dollar bilan, 2016 yilda - 900 million dollar bilan. Bu loyihalar dastlab hech qanday tashqi investitsiyasiz yo‘lga qo‘yilgan. Muvaffaqiyatning bori u yerda ishlagan xodimlarga asoslangan.

3. Asoschining ustunligi muvaffaqiyatni kafolatlamasligini yodda tutish

Biror sohada iz qoldirish uchun uning asoschisi bo‘lish shart emas. Bir necha yil davomida barqaror faoliyat yuritgan sektorga sarmoya kiritish va innovatsion qaror taklif qilish mumkin. Bunday davriylik ayniqsa innovatsiya va stagnatsiya o‘rtasida ikkilanayotgan texnologik sektorga xos.

Muvaffaqiyatga erishish uchun mutlaqo yangi g‘oya kerak emas, shunchaki avvalgisidan yaxshi bo‘lsa bo‘lgani.

4. Xodimlar kompaniya maqsadi borasida tasavvurga ega bo‘lishi uchun qayg‘urish

Kompaniyangizdagi har bir inson uning maqsadlaridan boxabar bo‘lishi kerak. Bu xodimlarni kompaniya faoliyatida yanada faol bo‘lishga va rahbariyat bilan birga mas'uliyatni his qilishga undaydi. Shu bilan birga, qo‘l ostingizda ishlovchi har bir inson nima uchun u yoki bu qaror qabul qilinayotgani va ularning nimalarga olib kelishini bilishi kerak.

5. Moslashuvchanlikni namoyon etish, dastlabki rejadan chetga chiqishga tayyor turish

O‘zgarishlar — kompaniya hayotining ajralmas qismi. Har bir tashkilotning hayotida parvoz va tanazzul davri bo‘ladi. Jamoa samaradorlikka erishish yo‘lida faqat ravon yo‘l bo‘ylab harakatlanmaydi. Agar xodimlarga allaqachon yo‘lga qo‘yilgan rivojlanish mexanizmiga tuzatish kiritishga imkon berilmasa, biznes jabrlanadi.

6. Fidokorlik bilan ishlash va bilim almashish

Hayotimizning ko‘plab jabhalarida har doim ham optimal unumdorlik bilan ishlamaymiz. Men barcha loyihalarimda fidokorlik bilan ishlashga va muntazam ravishda o‘zim hamda jamoamning samaradorligini ko‘tarishga intilganman.

7. Salohiyatingizga to‘g‘ri proporsional ta'sir ko‘rsatish

Har birimizda dunyoni o‘zgartirish uchun imkon bor. Umuman olganda, o‘z qiziqishlaringizni umumiy manfaatlarga jalb qilishingiz mumkin. Bor diqqatingizni shunga jamlab, o‘z salohiyatingizga proporsional ta'sir o‘tkazishingiz mumkin.

8. Ishdagi to‘siqlarni aniqlash va shunga muvofiq ravishda ularni chetlab o‘tish

Ish joylaridagi samaradorlik, jamoa va kommunikatsiyaga bog‘liq ishlarni texnologiyalar yordamida hal qilish mumkin.

Ehtiyoj aniqlangandan so‘ng uni qoniqtiruvchi jihozlar va dasturlarni izlab toping. Bu borada yo tayyor qarorlardan foydalanish, yoki ehtiyojlardan kelib chiqib sozlanuvchi ilovalarni tanlash.

Men barcha xodimlarimga haqiqatan innovatsion loyihalarga vaqt ajratish uchun davomli operatsiyalarni avtomatlashtiruvchi qurilmalar va ilovalardan foydalanishni tavsiya qilaman.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top