O‘zbekiston | 19:03 / 11.09.2017
6596
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent kichik sanoat zonalari ishtirokchilari qachon imtiyozdan foydalanadi?

Foto: Norma.uz

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori (2017 yil 30 avgust) bilan Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 18.05.2017 yildagi PQ–2973-son «Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq KSZda joylashtirilgan biznes sub'yektlari quyidagilardan ozod etiladi:

•  yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va foyda solig‘i;
•  yagona soliq to‘lovi.

Nizom 4.09.2017 yilda kuchga kirdi va yuqoridagi soliq imtiyozlari quyidagi shartlarga amal qilingandagina taqdim etilishini ko‘zda tutadi:

•  KSZ ishtirokchilari tomonidan EKIHning 3000 baravaridan kam bo‘lmagan hajmda investitsiya kiritilganida. Bir yil davomida kiritilgan investitsiyalar hajmi eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam bo‘lsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi va to‘lash majburiyati tiklanadi. Bunda keyingi yillarda KSZ ishtirokchisi soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqini yo‘qotadi;

•  yil yakunlariga ko‘ra KSZ ishtirokchisining sof tushumi EKIHning 2000 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak. Agar birinchi yilda sof tushum ushbu summadan kam bo‘lsa, ikkinchi yilda esa sof tushum hajmi o‘rnatilgan miqdorga muvofiq bo‘lsa,  KSZ ishtirokchisi faqat ikkinchi yilda soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqini saqlab qoladi.

Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida kamida 30%ni tashkil qilsa, soliq imtiyozlarining amal qilish muddati yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid