Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiruvchi "aqlli" soatlarini namoyish etdi
Apple kompaniyasi LTE'ni qo‘llab-quvvatlovchi Watch Series 3 nomli "aqlli" soatlarini taqdim etdi. Yangi soatlarda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoni mavjud. Kompaniyaning rasmiy saytida jonli ravishda uzatilayotgan yangi qurilmalar taqdimoti aynan smart-soatlar namoyishidan boshlandi. Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, bugunga kelib Apple Watch jahon bozorida eng talabgor soatga aylangan.
Series 3 soatlariga sim-karta o‘rnatishga hojat yo‘q, LTE-tarmoq uchun maxsus o‘rnatilgan chip mas'ul bo‘ladi. Uning yangi protsessori esa soatning 70 foizga tez ishlashini ta'minlaydi.
Shuningdek taqdimotda ma'lum qilinishicha, bu soatlarda quloqchinlarda qo‘shiq eshitish imkoni yaratilgan.
Yangi "aqlli" soatlarda yurak faoliyatini kuzatish imkoni yaratildi. Muammo aniqlansa, Standford'ga bog‘lanib, ma'lumotlarni yo‘llash imkoni paydo bo‘ldi.
Kompaniya soatlarni uch xil rangda namoyish etdi. Shunisi diqqatga sazovorki, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun soatning maxsus versiyalari mavjud.
Ta'kidlash joizki, Series 3 soatlari ekologik toza mahsulotlardan yaratilgan.
Uyali aloqa xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi smart-soatlar narxi - 399 dollar (modul bilan) va 329 dollar (modulsiz).
Apple Watch Series 3 soatlariga 15 sentabrdan buyurtma berish mumkin, sotuvlar esa 22 sentabrda boshlanadi.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:16 / 19.06.2026