Taniqli basketbolçi Maykl Jordan biroz tanaffusdan söng basketbolga qaytganida, AQŞ prezidenti Barak Obama mamlakatdagi işsizlik haqida söz yuritayotib, «mana, şu kunlarda işsizlik bittaga kamaydi» deb hazillaşgandi.
Ayni damda, yangi iş örinlari yaratiş muhim strategik vazifamiz bölib turgan paytda, bizda ham juda ahamiyatli bir iş örni böş turibdi. Özbekiston terma jamoasi murabbiyligi. Bu qanday kasb? Dunyodagi eng yaxşi kasb deb e'tirof etilişga loyiqmi? Yoki aksinçami? Bu haqida yana eslaş payti keldi, şekilli.
OBRO‘-E'TIBOR
Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi özbek futbol olamidagi eng maşhur şaxsga aylanişi aniq. Sababi, milliy birinçilik öyinlariga qiziqiş u darajada katta emas. Mourino yoki Gvardiolaning kelişi Sautgeyt şaxsiyatini gazetaning sönggi burçagiga uloqtirib taşlar, Madridning imijiga mos kelmagan murabbiy uzoq yil Ispaniya terma jamoasini boşqarib yurar, lekin bizda unday emas. Bir neça ön ming muxlisga ega bölgan klubning özi yöq, buni oliy liga öyinlariga taşrif buyurayotgan muxlislar sonidan bilib oliş mumkin.
Faqat terma jamoa öyinigina öz atrofida ajiotaj qila oladi, çiptalar narxi bir neça minimal iş haqi summasigaça kötarila oladi. Faqat terma jamoa öyinida. Faqat terma jamoaga Özbekistonda millionlar muxlislik qiladi, ğalaba kutadi. Demak terma jamoa murabbiyi böldingizmi, öz-özidan özbek futbolidagi eng taniqli, eng e'tiborli, eng köp muhokama qilinadigan şaxsiyatga aylanasiz. Qiziqroq bir gap aytib qöysangiz-ku, qöyaverasiz, uzoq vaqtlargaça iqtiboslaringiz futbol olamida öziga xos joy egallaydiki, Nitsşedan tortib, Hojiboy Tojiboyevlar ham havas qilgan bölardilar. «Bollarda ayb yöq» yoki «Borimiz şu»ni eslang.
Inileyev bu holatdan iymanardi, Abramov kayf qilardi, Qosimov örganib qolgandi, Babayan qoçib ketib qöya qolardi. Xullas, futbolga obro‘ e'tibor topaman deb qadam qöygan bölsangiz-u, siz Ravşan Ermatov bölmasangiz, milliy terma jamoa boş murabbiyligidan boşqa kasb yöq.
BOSIM
Öz-özidan mamlakatning eng asosiy jamoasini boşqaryapsizmi, demak, şunga yaraşa bosimga duç kelasiz. Tabiiyki, asosiy jamoadan muxlislar qandaydir natija va öyin kutadilar. Terma jamoa öyinlari milliy futbolda barça muxlislarning e'tiborini jalb qiladigan yagona voqeami, demak, bu öyinlar şunga yaraşa çiroyli bölişi, köngildagi natijalar qayd etilişi kerak.
Masalan, terma jamoaga Osiyo çempionati finali yoki jahon çempionatiga çiqiş vazifasi qöyiladi. Agar bu iş amalga oşmasa, iste'foga yoki muxlislarning ğazabiga tayyor turişingiz şart. Yaponiya yoki Koreyadan mağlubiyatlar-ku, keçirilar, ammo Bahrayn, Iordaniya yoki Qatar kabi davlatlardan yutqazib qöysangiz, tamomsiz. Özbek muxlislari bunday terma jamoalardan kuçli ekanimizni biladi va buning aksiga işontirişdan köra, ularni yutiş osonroq, işonavering.
Mavzuga oid
«Bunyodkor» yoki «Paxtakor» navbati bilan kuçli va kuçsiz mavsumlar ötkazişi mumkin, ammo yuqorida aytganimdek, jurnalistlarning nigohida terma jamoa asosiy planda turadi. Ronaldu, Messi yoki Mourinoning çiroyli rasmlarini gazetaning birinçi sahifasiga qöyib yurgan naşrlar ham, terma jamoa öynaganda milliy futbolni eslab qoladilar va tabiiy ravişda, asosiy e'tibor Sizga qaratiladi. Ayniqsa mağlubiyatga uçrasangiz.
BOSIMNING YÖQLIGI
Boşqa tarafdan esa, quloğingiz rosa tinç. Yevropa çempionati tugab, köpgina davlatlarda ğalvir suvdan kötarilayotgani va murabbiylar faoliyati tahlil qilinayotganidan xabaringiz bor, töğrimi? Turnir davomida ham xuddi şunday böldi, mutaxassislar, sobiq futbolçilar, murabbiylar öz milliy terma jamoa öyinini tahlil qildilar, kerak bölsa, boş murabbiyning xatolarini körsatib berdilar.
Bu tomondan sizning quloğingiz tinç. Heç qaysi sobiq futbolçi, murabbiy, umuman futbolga yaqin bölgan biror mutaxassis sizni tanqid qilmaydi. Televizorga çiqqanda ham, hatto mağlubiyatga uçrab tursangiz ham, yaqqol xatolar qilsangiz ham, ulardan yomon gap eşitmaysiz. Rostanam xatoingizni körişmaydimi yo arzimagan bir körsatuv uçun siz bilan «san-man«ga borişni istaymaydimi yoki sizni tanqid qiliş — sizni şu yerga tayinlagan ÖFF ni tanqid qiliş bilan, ÖFF ni tanqid qiliş mamlakat siyosatini tanqid qiliş bilan barobar deb öylaşadimi, işqilib, oç qornim-tinç quloğim, maqolini afzal körişadi.
Mutaxassislar tahlili va tanqididan uzoq bölsangiz, mazza, har qanday yomon öyinni aslida yaxşi ekanini matbuot anjumanida isbotlasangiz böladi, har qanday yomon öyinçini terma jamoaga jalb qilişingiz mumkin, heç kim öşa öyinçining klublardagi öyinlarini yetarliça tahlil qilib, arzimasligini isbotlab bera olmaydi.
Turnir tugab, vazifani uddalay olmasangiz ham, sizni nari borsa, saytlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tanqid qilişi mumkin, xolos. Mutaxassislar jim turgandan keyin, futbolni tuşunmaydigan muxlislarning tanqidi bir pul böladi-da, nima dedingiz? Ba'zi ğalamis jurnalistlar ham tanqid qilişi mumkin, ammo şu bilan birga, bu aniq, sizning tarafingizni oladigan, aslida ayb siz emasligini, aslida futbolimiz tizimi, bolalar futbolining çirib ketganligi, milliy çempionatimizda raqobat yöqligi, sizning örningizga Pep Gvardiola kelsa ham, bundan ortiq natija bölmasligini isbotlab, çizib, böyab, yasab, körsatib bera oladilar. Bunaqa talatöpda, albatta, falonçi qolib falonçini tarkibga olganingiz-u, aniq bir öyinda aniq bir xatolarni qilganingiz sezilmay ham ketadi. Işlayverasiz.
ODOBLI BÖLIŞ KeRAK
Hammaning e'tibori Sizda bölgani uçun, terma jamoa murabbiyi imijini saqlay olişingiz kerak. Bir paytlar Glen Hoddl öylamay gapirib yuborgan gapi uçun işdan böşatilgandi. Bizda u darajada bölmasa ham, sal oşirib yuborsangiz muhokamaga qolib ketasiz.
Bir paytlar Abramov «futbolçi xotinmidiki, istagan paytda almaştirvosam« deganiga, bir guruh jurnalistlar «uvv, sen xotinlarni pastga uryapsanmi» deb çiqişgandi. Bir kuni Qosimov şogirdini ekranda sökib yuborgandi, esingizdadir. Zörğa tinçitgandik. «Hoy, bu söz toşkentliklar uçun oddiy murojaatda işlatiladigan söz, xafa bölişmaydi» desak ham muxlislar rozi bölmagan-ye. Axiyri, «Ötgan kunlar»ni olib kelib, «mana, Otabek ham Zaynabga şunaqa degan, kitobiy gap bu» deyilgandan keyin sal töxtagandi gaplar. Xullas terma jamoaga murabbiy böldingizmi, şunga yaraşa imijni saqlaşingiz kerak böladi.
KÖP OYLIK/KAM OYLIK
Oçiği, sizga qança oylik va'da qilişlarini bilmayman. Bir paytlar boş murabbiymizning ellik million söm oylik olişi haqidagi gaplar tarqalgan, ammo asossiz edi. Ön ming dollar olarkan, deb ham eşitganmiz. Balki mubolağadir. Ammo işontirib aytamanki, bir öqituvçidan, vraçdan yoki ma'muriy xodimdan köproq oylik olişingiz aniq.
Bir yilda nari borsa, 7-8 marta yiğin ötkaziladi, har birini bir haftadan desak, ön ikki oy içida faqat ikki oy rosmana iş bilan şuğullanasiz xolos. Boşqa paytlarda işlaysizmi yoki yöqmi, uyoği özingizning vijdoningizga havola. Oylikdan taşqari, futbollarga kiriş ham tekin, terma jamoalar öyinini kuzatyapman deb, istagan öyinni vip lojadan tomoşa qilib ötirişingiz mumkin. Zör-a, odamlar iş vaqtiga töğri kelib qolgani uçun futbolga kira olmay qolsa, siz futbol tomoşa qilib ötirib, işlayotgan bölasiz.
Sal oşirib ham yubordim, aslida siz qilayotgan işingiz dunyoda juda qimmat baholanadi. Masalan, faqatgina Uelsni yutib, kiçkinagina Islandiyadan yutqazib qöygan Roy Hojson yiliga uç yarim million funt olgan ekan. Bu degani bir oyda 300 ming funt degani. Hatto oyiga atigi 25 ming funt oladigan Islandiya terma jamoasi murabbiyining maoşi ham sizning plastigingizdagi tasdiqlanmagan ellik millionning oldida juda katta. Ba'zida Sizga alam qilişi tabiiy.
Afsuski, yurtimizda ellikdan ortiq PRO litsenziyasiga ega murabbiy hamkasblaringiz bölsa-da, ularning atigi 20 foizi klublarda işlab yuribdi xolos. Qolganlari bekorçi va eng yomoni ularga çetdan talab yöq. Şuning uçun ham klublarda dadil yangiliklarni, taktik inqiloblarni körmaymiz, mabodo natija yomonlaşib ketsa, işdan ketib qolişlaridan qörqadilar. Professional klublarimiz professional murabbiylardan köra ança kam, raqobat dahşat.
Sizga esa mazza, kam oylik bölsayam, şu işingizni yöqotmaslikka harakat qilsangiz, Özbekistondagi eng yaxşi murabbiylik kursisi sizniki bölib qolaveradi.
ÇeT ELLIK RAQOBATÇI
Sizga faqat bir kişi raqobat qilişi mumkin. Aniqroği, kimligi aniqmas. Çet ellik murabbiy degan raqobatçingiz bor. Har safar natijalar yomonlaşib ketganda, futbol jamoatçiligida çet ellik murabbiyni talab qiliş boşlanib ketadi. Albatta, Ançelotti yoki Fergyuson kelmasligi aniq, ammo sal bundayroq serbmi, ispanmi bölsa, «yotvolib yalagani» bölaveradi.
Aslida kimligini bilmay turib ham, çet ellik murabbiyni talab qilişlarida xikmat bor. Jurnalistlar öylaşadiki, çet ellik murabbiy kelsa terma jamoaga bölgan munosabatni, tayyorgarlik jarayonlarini zamonaviy körinişga olib kelarkan. Natija uçun javob beradigan murabbiy öşa natijaga yaraşa şaroit talab qilar ekan. Natijaga javobgarlikni böyniga olib, şaroit talab qiladigan murabbiydan köra, javobgarlikni ham olmaydigan, şaroitga ham könadigan murabbiy yaxşiroq-da, tepadagilargayam. Bu futbol, töp yumaloq, şu holatda ham kimnidir yutib qöyiş mumkin-da, öxşab qolsa, zör böladi. Demak hozirça, Sizga xavf yöq.
AJOYIB TARKIB
Ixtiyoringizda ajoyib futbolçilar böladi. Terma jamoaning tajribali qismiga qarang — deyarli bir vaqtda ulğaygan, ançadan beri birgalikda öynab, bir qança saralaşlarni bosib ötgan Osiyodagi eng tajribali tarkibga egasiz. Ularga futbol öynaşni örgatiş ham şart emas, tarkibni töğri belgilab, jamoa muhitini yaxşilab tursangiz, qatorasiga ğalabalar qozonişga ham qodir ular.
Şu bilan birga, umidli yoşlar ham yöq emas. Asosiysi, ularning aksariyati turli yoşlardagi jahon çempionatlarida qatnaşişgan, ja Pogba bölişmasayam, Pogbaga qarşi öyinlarda tajriba orttirişgan. Ularga töğri yönaliş bersangiz, öz yurişlarini davom ettira oladilar. Jahon çempionatlaridagi tajriba ularga dadillik beradi, muhim öyinlarda ham xayajonni yengişga yordam beradi.
SAVIYaSIZ TARKIB
Agar terma jamoada uzoq vaqt qolişni niyat qilgan bölsangiz, xafa bölsangiz ham aytaman, keyingi yillarda Sizning işingiz yanada köpayadi. Jahon çempionatiga çiqiş yoki çiqmaslik öz yöliga, terma jamoamiz hayotida eng mas'uliyatli davr boşlanyapti. Tajribali futbolçilar birin ketin yoşlari kattalaşib, futbolni tark etişni boşlaydilar. Vazifangiz - avlodlar almaşinuvini imkon qadr sezdirmasdan ötkazib, yoşlarning saviya borasida ham, öyin borasida ham, kattalarning örnini bosib olişlarini ta'minlaş.
Bu oson bölmaydi. Çunki milliy çempionatimiz saviyasi yildan yilga tuşib borayotgandek. Avvallari terma jamoamizda Rossiya, Ukraina, Koreyadan legionerlar töp surişgan bölsa, yoş avlod nari borsa Xitoy, Tailand yoki Qatarda töp surişyapti. Bu ligalardagi futbolçilarni Bundesliga yoki APL da töp suradigan Koreya yoki Avstraliya kabi jamoalarga qarşi qöyiş qiyin. Heç bölmasa öyin bobida, taktika bobida ularga qarşilik qila oliş uçun tayyorgarlikka zör beriş, aynan terma jamoadagi yiğinlar orqali futbolçilar saviyasini ma'lum balandlikda uşlab turilişini ta'minlaşingiz kerak böladi.
Konteni qarang. Avvallari klubda faoliyat körsatgan murabbiy terma jamoaga kelib ham, xuddi klubda işlayotgandek tinimsiz mehnat qilgani Yevroda namoyon böldi. Qisqa vaqt içida 60 dan ortiq nomzodlarni terma jamoada sinab kördi, saragini sarakka çiqardi. Natijada «Bolonya», «Sauthempton», «Torino» klublarida yoki «Yuventus»ning zaxirasida ötiradigan oddiy futbolçilardan «Barselona» va «Real»dan tuzilgan Ispaniyani yuta oladigan jamoa tuza oldi. Buning barçasi murabbiyning mehnati, sizning vazifangizdir.
TAYYoRGARLIK
Bu bölim sizning foydangizgami, zararingizgami aniq ayta olmayman. Bu sizning qay darajada mas'uliyatli ekaningiz va belgilangan vazifangizga qay darajada jiddiy yondoşişingizga boğliq. Qarang, har qanday öyinda kerakli natijaga erişiş uçun şunga yaraşa tayyorgarlik talab etiladi, töğrimi? Kuçliroq raqib yoki muhimroq öyinga yaxşiroq tayyorlaniladi, bundayroq holatda tayyorgarlik qilmasdan ham yutiş mumkin. Umuman har qanday jamoani tayyorgarliksiz yutsa böladi, agar öxşab qolsa.
Sizga şaroit yaratib berişi kerak bölgan markaz köpinça, öxşab qolişidan umid qiladi va köpinça, kuçli raqiblarni röpara qilmaydi. Bosniyaning uçinçi tarkibi, «Borussiya»ning yoşlar jamoasi, mahalliy legionerlardan tuzilgan terma jamoa, öz terma jamoangizning ikkinçi yarmi oq libos kiyib olgan holatda... Şunga öxşaş raqiblar bilan öynab, Yaponiya yoki Eronni yutişga harakat qilişingiz kerak. Ba'zida öyinlar bekor qilinib ham turadi, öşa paytda ham sarosimaga tuşmasdan, yuzingizni aqlli körsatib, hammasi nazorat ostida ekanini ayta olişingiz kerak böladi. Sizdan oldin bu lavozimda işlagan hammadan birma-bir sörab körişingiz mumkin, yigirma beş yil içida ular heç qaçon futbolda dunyoning yetakçi davlatlari Ğarbiy Yevropa yoki Lotin Amerikasi terma jamoalariga qarşi öynaşmagan. Şunaqa.
Yuqorida aytdimku, bu holat aslida yaxşimi yoki yomonmi, bu özingizga boğliq deb. Tuşuntiraman şuni. Agar siz terma jamoamizni muxlislarniki deb bilib, muxlislar oldida javobgarlikni his qilgan holda qabul qilib olgan bölsangiz, sizga qiyin. Uyatdan yerga kirib ketasiz. Yomon natijaga javob berişingizga töğri keladi.
Ammo Siz terma jamoani federatsiyaniki deb bilib, ularning işonçi uçun harakat qilgan bölsangiz, bu kasbingiz uçun ulardan özingizni qarzdor bölsangiz — ayni muddao. Sizga şaroit yaratib, natija söraydiganlardan köra, şaroit yaratmay, natija ham söramaydiganlar yaxşi emasmi? Ha, deyişsa, «özlaring yetarliça şaroit qibermadinglar, falon jamoa bilan öynaylik, desam gaplaşib bera olmadinglar, men nima qilay?» deysiz, javobgarlikdan qutulasiz. Işlayverasiz. Öz ayblari uçun sizni böşatib yubormaydilarku, töğrimi?
XULOSA
Aslida çetdan xulosa beriş orqali biror kasbga ijobiy yoki salbiy baho berişning iloji yöq. Çunki biz eng muhimini bilmaymiz — öşa kasb sohibi öz kasbini qay darajada sevadi? Muhimi şu, agar sevgan kasb bilan şuğullanilsa, uning qiyinçiliklari ham insonga zavq beradi. Şunday ekan, terma jamoamiz murabbiy bölişning eng muhim talabi — terma jamoa murabbiyligi kasbini seviş va terma jamoaga muxlis bölişdir. Mana şu ikki talab bajarilsa, murabbiy öz işidan zavq oladi, vijdon ham pok böladi, natijalar ham böladi. Işonavering, agar terma jamoamiz jahon çempionatiga çiqsa, federatsiya binosi oldida boş murabbiyga xaykal qöyişimiz ham mumkin.
Ham sevgan iş bilan şuğullanib, ham oylik olib, ham öz xaykaliga ega böliş — ajoyib!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi