Terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi bo‘sh qolmoqda
Bugun, 12 sentabr kuni Radisson Blu mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotning yangi prezidenti uchun saylov bo‘lib o‘tdi va Mirabror Usmonov o‘rniga Umid Ahmadjonov saylandi.
Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ham tanishtirilishi kutilgandi. Ammo bu masala keyinga qoldirilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi 7 sentabr kuni Samvel Babayan iste'foga chiqarilganidan keyin bo‘sh qolmoqda.
Bugun federatsiyaga «Paxtakor» klubi rahbariyati vakillari rahbar bo‘lganidan kelib chiqib (yangi prezident Umid Ahmadjonov - «Paxtakor» klubi vitse prezidenti edi, klub prezidenti Botir Shodiyev esa O‘FF ijroqo‘mi a'zosiga aylandi), jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lishi haqida taxminlar yangradi.
Bundan oldinroq Tribuna.uz saytida terma jamoa bosh murabbiyligi uchun munosib nomzodlar keltirilgandi.
Mavzuga oid
20:24 / 28.01.2022
«Yevropaliklar Osiyo futboli qanchalik qiyin ekanini tushunishmaydi». Shota Arveladze Angliyada ilk intervyusini berdi
03:04 / 28.01.2022
Shota Arveladze - «Hall Siti» bosh murabbiyi
03:21 / 22.12.2020
«Jamoa muxlisi bo‘lib qolaman» – Shota Arveladze «Paxtakor»dan ketganini e'lon qildi
11:16 / 21.10.2020