Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rossiyaning sanksiyalardan ko‘rgan yo‘qotishlarini 55 mlrd dollarga baholadi
BMTning inson huquqlarining amalga oshirilishiga bir tomonlama majburiy choralarning salbiy ta'siri masalalari bo‘yicha xodimi Idris Jazoiriy Rossiyaga qarshi va Rossiya tomondan kiritilgan sanksiyalardan ko‘rilgan zararni aytib o‘tdi.
Rossiya iqtisodiyoti 2014 yilda sanksiyalar kiritila boshlagandan keyin ularning oqibatida 55 mlrd dollar ziyon ko‘rgan.
Hisobotda aytilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan davlatlarga sanksiyalar har oy 3,2 mlrd dollardan tushmoqda. Hujjatda ta'kidlanishicha, ziyon ko‘rishlardan asosiy yuk Yevropa Ittifoqi davlatlari zimmasiga tushadi.
Jazoiriyning fikricha, Rossiyaga qarshi 3 yildan beri sanksiyalar kiritib kelinayotganidan so‘ng ularning samaradorligiga baho berish vaqti kelgan.
Jazoiriyning ta'kidlashicha, sanksiyalarni sekin-asta, birinchi navbatda aholiga ta'sir qiladiganlarini bekor qilish lozim.
Hisobotda keltirilgan ma'lumotlar Jazoiriyning Rossiyaga tashrifi yakunlari va katta ko‘lamli tadqiqoti davomida to‘plangan.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026