Rossiya va AQŞ irsiyşunoslari yoqutlar va nganasanlar DNKlarini öqib çiqib, ajoyib kaşfiyotga duç kelişdi. Unga köra, şimoliy qutbga yaqin joylarda istiqomat qiluvçi uşbu elatlarda genlarning noyob namunasi mavjuddir. Ayni şu narsa doimiy sovuq harorat, qutb tuni va deyarli hayvon yoğlaridan iborat taomlarni tanovul qiliş şaroitida yaşab qoliş imkonini beradi. Molecular Biology and Evolution jurnalida çop etilgan maqolada şu haqda söz boradi.

"Bizdagi ma'lumotlar tahlili bizga Sibir şimolida yaşaş bilan uzviy boğliq 7 ta genni ajratib oliş imkonini berdi. Ularning uçtasi ovqatlaniş, ayniqsa yoğlar metabolizmi bilan boğliq. Bu esa, yoqutlar, nganasanlar va şimolda yaşovçi boşqa xalqlar hayvon yoğlariga boy taomlar iste'moliga tabiatan moslaşganini bildiradi. Bunga qöşimça ravişda, ularning barçasi quvvat işlab çiqişda, oqsillar almaşinuvi va hujayralar membranalarida muhim örin tutadi", — deya hikoya qiladi Arizona universiteti vakili Rayan Gutenkunst (Ryan Gutenkunst). 

Eskimoslar, çukçalar va boşqa şimoliy elatlar, şuningdek, Tibet aholisi irsiyşunoslarda katta qiziqiş uyğotmoqda. Çunki ular janubiy mintaqalarda istiqomat qiluvçi kişilarga qaraganda öta noqulay şaroitlarda yaşaşga moslaşişgan. Masalan, tibetliklarning irsiy tadqiqoti şuni körsatganki, uşbu toğlik aholi "denisovçilar" deb ataluvçi qadimgi odamlar genlarini özlarida saqlab qolişgan. Bu esa, baland toğli joylarda kislorod kamligiga moslaşişda yordam bergan. 

Gutenkunstga köra, muammo şundaki, uşbu şimollik va toğlik xalqlarning "toza" köpayişi bugungi kunda deyarli yöqolib ketgani toğ va şimolning oğir şaroitlarida ajdodlariga tirik qoliş va köpayiş imkonini bergan DNKlarning ularga oid qismini topişga xalaqit qilmoqda. Masalan, ayni vaqtda Rossiyada nganasanlar soni ming nafardan kam. Yoqutlar 480 mingga yaqin kişini taşkil etadi. 

"Tabiat injiqliklari bilan kuraş", olimlarning qayd etişlariça, butun bir genlar töplami paydo bölişiga olib kelgan. Aynan şu yoqutlar va nganasanlarga faqat göşt va yoğli tom bilan ovqatlanişga hamda salomatligi bilan muammolarga duç kelmasligiga imkon bergan.