Ukrainaliklarning yarmidan köpi Kreml tomonidan boşlangan harbiy harakatlarni töxtatiş uçun tinç muzokaralarga ötiş tarafdori. Bunday ma’lumotlarni Gallup Amerika instituti 20 noyabr, çorşanba kuni e’lon qildi. Sörovdan ma’lum bölişiça, ukrainaliklarning atigi 38 foizi uruşni ğalabaga qadar davom ettiriş tarafdori, 52 foizi esa muzokaralar jarayonini boşlaşni istaydi. 2022 yilda muzokaralarga tayyor va jangovar harakatlarni davom ettirişga tayyor ukrainaliklar soni mos ravişda 22 va 73 foizni taşkil etgandi, deb yozadi Gallup.
Uruşni davom ettiriş tarafdorlarining eng past qismi Ukraina şarqida: Xarkiv, Dnipropetrovsk, Zaporijjya va Donetsk oblastlarida. Barçasida ularning soni 27 foizni taşkil etadi. Mamlakatning markaziy va ğarbiy mintaqalarida respondentlarning 40 foizdan ortiği jangovar harakatlar töxtatilmasligi tarafdori bölgan.
Şu bilan birga, tinçlik muzokaralarini qöllab-quvvatlagan ukrainaliklarning 52 foizi mamlakat tinçlik şartnomasi doirasida hududiy imtiyozlarga tayyor bölişi kerakligini ta’kidladi. Bu toifadagi respondentlarning 38 foizi qarama-qarşi fikrda. Ukraina aholisining fikriça, muzokaralarda asosiy rolni Yevropa Ittifoqi (bu variantni respondentlarning 70 foizi qöllab-quvvatlagan) va Buyuk Britaniya (63 foiz) öynaşi kerak.
Rossiyada uruşni davom ettirişga qarşi bölganlar soni rekord darajada
Şu kuni Rossiyaning Russian Field sotsiologik kompaniyasi Ukrainadagi uruş böyiça özining telefon orqali milliy sörovi natijalarini e’lon qildi. Unda respondentlarning 52 foizi qöşni davlatdagi jangovar harakatlarni tugatiş uçun tinçlik muzokaralariga ötiş tarafdori bölgan. Respondentlarning atigi 36 foizi uruşning davom etişini qöllab-quvvatlagan.
Rossiya hujumi boşlanganidan beri Ukrainaga qarşi uruşni davom ettiriş tarafdorlari soni eng kam, tinçlik muzokaralari boşlanişini istaganlar esa eng yuqori körsatkiçga yetdi. 2022 yilning bahorida Rossiya respondentlarining 54 foizi Ukrainadagi uruşni davom ettiriş tarafdori bölgan, atigi 33 foizi muzokaralarga ötişni qöllab-quvvatlagan.













