20 yillik tarixga yakun yasaldi: Cassini zondi o‘z missiyasini yakunladi

Foto: NASA / JPL-Caltech
20 yil avval Saturnga jo‘natilgan Cassini zondi Yerga oxirgi signalni jo‘natib, o‘zining missiyasini yakunladi. Koinot qurilmasi Saturn atmosferasiga kirgach, 2 daqiqa ichida yonib ketdi.
NASA koinot agentligi mutaxassislarining aytishicha, zond bilan aloqa Toshkent vaqti bilan soat 16:56da yo‘qolgan va zond bundan 45 soniya o‘tgach mavjud bo‘lishdan to‘xtagan. Olimlar Cassini Saturn atmosferasiga kirish paytida yiqqan ma'lumotlar Quyosh tizimi yaralishining ba'zi sirlarini va sayyoraning halqalari materiyasi uning atmosferasining yuqori qatlamlarida qanday qilib yomg‘irga aylanishini bilishga imkon berishiga umid qilishmoqda.
NASA zondning oxirgi daqiqalarini jonli efirda namoyish qildi.
Cassini zondi NASA’ning eng qimmat loyihalaridan biri sanaladi. Uni yaratishda nafaqat amerikaliklar, balki Yevropa koinot agentligi va Italiyaning ASI koinot boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishgan.
Qurilma koinotga 1997 yil oktabrda uchirilgan. Uning asosiy vazifasi Saturn, uning halqalari va yo‘ldoshlari haqida ma'lumot yig‘ishdan iborat bo‘lgan.
NASA mutaxassislari qurilmani Saturn yo‘ldoshlari bilan to‘qnashuvidan qochish maqsadida yo‘q qilishga qaror qilishgan.
“Biz zondimiz olisdagi sayyora orbitasida 13 yil benuqson, minimum muammolar bilan ishlaganidan farxlanamiz. Bu vaqt ichida u 500 mingdan ko‘proq surat olgan, Titan yonidan 160 marta uchib o‘tgan va Yerga 635 gigabayt ma'lumot jo‘natgan. Cassini o‘tgan asrning 80-yillarida loyihalanib, o‘sha zamonlardagi texnologiyalar negizida qurilgani hisobga olinsa, bu fantastik katta miqdordagi axborotdir”, deb aytgan Cassini missiyasi rahbari Erl Meyz.
Cassini mavjudligining oxirgi lahzalari muhandislarga koinotda hayot izlarini qidirish bo‘yicha navbatdagi missiyani tayyorlashda yordam beradi. 2020 yilning ikkinchi yarmida koinotga “Yevropa-Kliper” zondi jo‘natiladi va u Yupiter yo‘ldoshi Yevropada hayotni qidirish bilan shug‘ullanadi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
-
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:48
Mavzuga oid

19:53 / 26.11.2024
NASA Saturn yo‘ldoshiga o‘z missiyasini uchiradi

09:41 / 23.11.2020
Dekabrda 800 yil ichida birinchi marta yuz beradigan noyob astronomik hodisa kuzatiladi

20:51 / 08.10.2019
Saturn sayyorasi yo‘ldoshlari soni bo‘yicha rekordchiga aylandi

14:26 / 30.01.2019