15 sentabr kuni öz missiyasiga yakun yasagan Germaniyaning Özbekistondagi elçisi Naytxart Xyofer-Vissing ommaviy axborot vositalari uçun matbuot anjumani taşkil etdi. Elçi matbuot anjumanida Özbekistondagi faoliyati va taassurotlari haqida örtoqlaşdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
U mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni ijobiy baholadi va kelgusida savdo-iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanişiga umid bildirdi.
Naytxart Xyofer-Vissing şuningdek, anjuman davomida Özbekistonda ayrim sohalarda uçraydigan kamçiliklarga ham öz munosabatini bildirib ötdi. Uning fikriça, turizm sohasida sayyohlar oqimini oşiriş uçun viza oliş tartibini osonlaştirib, ortiqça byurokratizm va sarsongarçiliklarga çek qöyiş kerak.
«Ayrim hollarda xorijdan taşrif buyurgan diplomatik vakillar belgilangan muddatda mamlakatni tark etolmay qolsa, ularga jarima solinib, uçib ketişiga ruxsat berilmaydi. Ba'zan bir soatga keçga qolinsa ham, uçiş bekor qilinib, ortiqça qoğozbozlik talab qilinadi. Fikrimça, xorijdan iş yuzasi böyiça kelgan diplomatik korpus vakillari, davlat idoralari xodimlari uçun bu masalada biroz yengillik yaratiş kerak».
Elçining sözlariga köra, Özbekiston Osiyo mamlakatlari orasida katta turizm salohiyatiga ega davlat, biroq xorijlik sayyohlarni jalb etiş uçun yangiça infratuzilmani işlab çiqiş kerak. Özga mamlakatda sayohat qilib yurgan inson odatiy hayot tarzini özgartirişga majbur bölmasligi, özini erkin, qulay his etişi lozimligi ta'kidlandi.
«Fikrimça, Özbekistonda yöl-harakati qoidalarini qaytadan isloh qiliş kerak. Köpinça odamlar manzilga tez yetib borişga oşiqib, boşqalarga yöl berişmaydi. Natijada, katta tirbandliklar yuzaga keladi. Balki maşinalarda tez va tartibsiz harakatlanişga benzinning narxi arzonligi sababdir. Agarda elektromobillar işlab çiqarilişi boşlansa, yuqoridagi muammoning ham oldini olişga yordam beradi. Buning uçun esa yangi infratuzilmalar kerak», dedi Germaniya elçisi.
Elçi sözi yakunida, yuqorida bildirilgan barça fikrlarni tanqid emas, balki tavsiya, maslahat örnida qabul qilinişini söradi.
«Özbekistondan iliq xotiralar bilan qaytmoqdaman. Bu yerda odamlarning mehmondöst, bağrikeng, tinçliksevar ekani menda katta taassurot qoldirdi», deya qayd etdi Naytxart Xyofer-Vissing.
Naytxart Xyofer-Vissing Özbekistonga elçi sifatida 2014 yilning yanvar oyida taşrif buyurgan bölib, tört yil içida u diplomatik missiyasini a'lo darajada amalga oşirdi.










