15 sentabr kuni Germaniyaning Özbekistondagi elçisi Naytxart Xyofer-Vissing ommaviy axborot vositalari uçun matbuot anjumani taşkil etdi. Şu kuni elçi janoblarining Özbekistondagi faoliyati yakuniga yetgani ma'lum qilindi.
Naytxart Xyofer-Vissing Özbekistonga elçi sifatida 2014 yilning yanvar oyida taşrif buyurgan bölib, tört yil içida u diplomatik missiyasini a'lo darajada amalga oşirdi.
TIV rahbari Abdulaziz Komilov qayd etganidek, Naytxart Xyofer-Vissing tört yillik samarali mehnati davomida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanişiga öz hissasini qöşişga muvaffaq böldi.
"Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekistonda olib borilayotgan siyosat va yangi islohotlar mamlakatning har tomonlama rivojlanişi uçun juda muhimdir. Ayniqsa, Özbekistonda ma'muriy sudning taşkil topganligi sud tizimining bosqiçma-bosqiç erkinlaştirilişiga, insonlar huquqlarini işonçli himoya qilişga yordam beradi. Bu esa öz navbatida hukumat faoliyati yanada rivojlanişiga hissa qöşadi", deydi Naytxart Xyofer-Vissing.
Elçi matbuot anjumanida Özbekistondagi faoliyati va taassurotlari haqida örtoqlaşdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
"Menga xalqingiz juda iliq munosabatda böldi. Özbekistondan juda yaxşi taassurotlar bilan qaytmoqdaman. Öylaymanki, mamlakatlarimiz örtasidagi iqtisodiy, siyosiy va diplomatik munosabatlar yanada rivojlanadi va yangi hamkorlik loyihalari amalga oşiriladi".












