27 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Gyunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elçi vazirga işonç yorliqlarining nusxalarini taqdim etgan.

Suhbat çoğida Özbekiston va Germaniya örtasidagi hamkorlik, jumladan, «Özbekiston-Yevropa Ittifoqi» şaklidagi aloqalar hamda xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan.

Uçraşuvda Özbekiston hukumat delegatsiyasining noyabr oyida Germaniyaga taşrifi muddati va dasturi, turli darajalardagi bölajak boşqa ikki tomonlama aloqalar jadvali yuzasidan fikr almaşildi. 

Gyunter Overfeld şu oyda Özbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagan Naytxart Xyofer-Vissing örnida iş boşladi.