Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 5 mingdan ko‘proq mansabdor shaxs jazolandi
Xitoy hukumati avgustda partiya intizomini buzganlik uchun 5 ming 419 nafar mansabdor shaxsni jazoladi. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasining intizomni tekshirish markaziy komissiyasi saytida ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jazolangan amaldorlar xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadda foydalanish, sovg‘alar berish va olish, kelishilmagan mukofot va bonuslar berish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan 3859 ta ish figuranti hisoblanadilar. Ma'lum qilinishicha, 2017 yilning dastlabki 8 oyida komissiya partiya intizomi me'yorlari buzilgani bo‘yicha 28965 ta ishni tergov qilgan. Ularga ko‘ra, 40818 kishi jazolangan.
Xitoyda hokimiyat tepasiga Si Tszinpin kelishi bilan korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kampaniya boshlangandi.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026