Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab bir yilda qancha pora olinishi hisoblab chiqildi
Dunyo bo‘ylab bir yilda olinadigan poralarning umumiy hajmi 2 trln dollarni tashkil qiladi. Bu haqda 18 sentabrda Xalqaro valyuta jamg‘armasining taqsimlovchi direktori Kristin Lagard ma'lum qildi.
“Har yilgi poralar qiymati 1,5 trlndan 2 trln dollargachani, ya'ni dunyo YaIMining 2 foizini tashkil qiladi. Bu aysbergning uchinigina aks ettiradi va uzoq muddatli ta'sir anchagina chuqurdir”, deb aytgan Lagard Vashingtonda joylashgan Brukings nomidagi institutda korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan anjumanda.
XVJ rahbari jamg‘armaga kiruvchi davlatlarga poraxo‘rlikka qarshi kurashda yordam berilishini ta'kidlab o‘tdi.
“Biz shuningdek jamoat arboblariga ta'sir ko‘rsatuvchi xalqaro xususiy o‘yinchilarga ham e'tibor qaratamiz. Xususiy o‘yinchilar korrupsiyani poralar vositasida vujudga keltirishi hamda unga pullarni yuvish va soliqlardan qochish yo‘li bilan bilvosita ko‘mak berishi mumkin”, deb aytgan Lagard.
Lagardning fikricha, natijaga erishish uchun “muammoning amaliy tomonini tan olish” va uni hal qilishning turli yo‘llariga tayanish lozim.
Mavzuga oid
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026