Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kipr fuqarolik berish evaziga 4 mlrd dollar ishlab oldi

Foto:AFP
2013 yildan Kipr hukumati mahalliy ko‘chmas mulk yoki obligatsiyaga sarmoyalar evaziga pasport berish orqali 4 mlrd yevrodan ko‘proq pul ishlab oldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Kipr Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgani sabab, bu davlat pasporti uning egasiga YeIning barcha davlatlarida ishlash va yashashga ijozat beradi.
2016 yilda Kipr 400 dan ko‘proq pasport bergan. 2013 yilgacha Kipr fuqaroligi ba'zi vazirlar qarori bilan va kamroq rasman tartibga ko‘ra berilgan. Keyinroq kiritilgan sxema Kiprdagi ko‘chmas mulkka 2 mln yevro o‘lchamidagi investitsiya yoki Kipr kompaniyalari yoxud davlatning 2,5 mln yevrolik obligatsiyalarini olish evaziga fuqarolikni olishga imkon beradi.
Kiprning bo‘lajak fuqarolari tilni bilishlari shart emas, biroq 7 yilda bir marta Kiprga kelib turishlari lozim.
Nashrning ma'lum qilishicha, Kipr pasportini olganlar orasida “Rossiya parlamentining sobiq a'zosi, Ukrainaning yirik tijorat banki asoschisi va kazinoga ega bo‘lgan milliarder” bor. Bundan tashqari, 2013 yilgacha rossiyalik milliarder Dmitriy Rybolovlyov va Suriya prezidenti Bashar Asadning amakivachchasi Rami Makluf Kipr fuqarosiga aylanganlar.
Rybolovlyov Kipr fuqaroligini 2012 yilda olgan. Aytilishicha, u 2008 yilda Donald Trampdan 95 mln dollarlik uyni sotib olgan.
Kipr moliya vazirining aytishicha, fuqarolikni berish dasturi “Kiprda doimiy vakolatxonalarni oluvchi va biznes uchun asos soluvchi” sarmoyachilar uchun zarur. Moliya vazirligida aytilishicha, fuqarolikni olishga barcha arizalar qat'iy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Politico Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Ukrainaning talablarini e’lon qildi
Jahon | 23:37
-
Tashkil qilinayotgan yangi agentlik, zapravkalarda navbatdagi portlash va 9,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan yollanma xodim – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:15
-
Meksika 26 nafar narkobaronni AQShga topshirdi
Jahon | 22:48
-
AQSh Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish uchun joy qidirmoqda - CBS
Jahon | 22:20
Mavzuga oid

20:07 / 07.08.2025
Navoiyda investorlar 8 ta konga 566 million dollar sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi

12:18 / 07.08.2025
O‘zbekistonda Turkiyaning sinov laboratoriyalari tashkil etiladi

11:52 / 06.08.2025
Uzum 70 mln dollar jalb qildi va kompaniya qiymati 1,5 mlrd dollarga yetdi

07:41 / 01.08.2025