Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jolining yangi filmi boshqa mamlakat nomidan «Oskar»ga nomzod
Foto:variety.com
Anjyelina Jolining «Ular avval otamni o‘ldirishdi» filmi Kambojadan «Chet tilidagi eng yaxshi film» nominatsiyasida ilgari surildi. Variety shu haqida xabar berdi.
Kartina kambojalik yozuvchi va huquq himoyachisi Lung Ang va uning «qizil xemerlar» rejimi haqidagi xotiralariga bag‘ishlangan. Joli u ayol bilan 2002 yilda, Kambojadagi birinchi gumanitar missiyasi vaqtida tanishgan.
Anjyelina Joli Amerika va Kamboja fuqaroligiga ega. Uning o‘g‘illaridan biri Kambojada tug‘ilgan.
Filmni moliyalashtirish ishlari bilan Netflix onlayn-servisi shug‘ullangan. Lenta Shimoliy Amerika prokatiga chiqadi va bu unga boshqa «Oskar» nominatsiyalari uchun kurashish imkonini beradi.
Mavzuga oid
15:24 / 19.03.2026
RF Talankinning filmi yuzasidan “Oskar” tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qildi
12:45 / 16.03.2026
«Jang ortidan jang» va «Janob Hech kim Putinga qarshi». «Oskar»ning barcha g‘oliblari
09:11 / 16.03.2026
“Janob Hechkim Putinga qarshi” filmi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi
16:27 / 02.02.2026