Qulay fursatni kutib yashashni bas qiling

Foto: lifehacker
Orzularingizni haqiqatga aylantirish uchun o‘ylagan narsangizni keyinga qoldirmasligingiz kerak. Aksariyat odamlar o‘zgarishlardan qo‘rqib, boriga qanoat qilib yashayverishadi. Ular o‘zlariga tanish bo‘lgan qulaylik zonasini tark etib, tavakkalga qo‘l urishmaydi. Biroq ba'zan noma'lumlik sari qadam tashlab turish ham kerak. "Layfxaker" shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Siz bilan ro‘y berayotgan voqealar uchun mas'ulsiz
Og‘ir taqdiringizdan istagancha shikoyat qilishingiz mumkin, biroq hammada ham qandaydir muammolar bor. Siz bir muammoingizni hal qilasiz, ketidan boshqasi paydo bo‘ladi. Bu hayot va u o‘z navbati bilan davom etaveradi.
Qulay fursat hech qachon o‘zidan o‘zi kelmaydi, o‘zingiz uni yaratishingiz kerak bo‘ladi.
Hech kim siz uchun qaror qabul qilmaydi. Baxtingiz faqat o‘z qo‘lingizda.
Shunchaki o‘zgarishlarni rejalashtirish emas, harakat qilish kerak
Biror reja tuzganingizda o‘z maqsadingizga yaqinlashayotgandek bo‘lasiz. Aslida esa bunday emas. Biroq rejalar qog‘ozda yoki orzularda qolib ketsa, hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Orzular ketidan aniq xatti-harakatlar bo‘lmasa, rivojlanishga doir o‘qilgan o‘nlab kitoblar yordam bermaydi.
Bilimlaringizni hayotda qo‘llamasangiz, 50 ta kitob va 10 onlayn-kurs sizni biror soha professionaliga aylantirib qo‘ymaydi. Biror yutuqqa erishish uchun har kuni maqsadli yo‘nalishda harakatlanishingiz kerak bo‘ladi.
O‘zingizni vaziyat qurbonidek tutmang
Har birimiz muammolarga duch kelamiz. Ularning aksariyati juda qiyin, shunday bo‘lsa-da, hal qilib bo‘lmaydigan muammoning o‘zi bo‘lmaydi.
O‘zingizni moliyaviy yoki oilaviy shart-sharoitlar qurbonidek tutmang. Odamlar qanday qilib eng quyidan chiqib, cho‘qqilarni zabt etganiga ko‘plab misollar bor.
Ishsizligingizni oqlashga harakat qilmang. Shunchaki yeng shimarib, anchadan beri ko‘zlagan maqsadingizni amalga oshiring.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31