Yon-atrofimizga nazar solsak, bugungi kunda eng dolzarb va eng köp muhokama qilinayotgan masalalardan biri - aynan payta yiğim-terimiga uyuşmagan aholi, xodimlar va talabalarni jalb etiş masalasi bölib turgani heç birimizga sir emas. Buni biliş uçun köçaga çiqiş ham şart emas aslida, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatişning özi kifoya, hammayoqda şu gap.

Tahririyatga talabalardan juda köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Ularni qiziqtirayotgan asosiy savol paxta yiğim-terimiga öz ixtiyori bilan borişni istamagan, rektor nomiga köngilli sifatida “paxtaga boraman” deb yozib berişni xohlamagan talabani kelgusida nima kutib turibdi? Buning natijasida talabani OTMdan çetlatiş mumkinmi?

Javob: YÖQ! VA YaNA YÖQ!

Eng avvalo paxta yiğim-terimiga çiqiş har bir kişining ixtiyoriy qarori ekanligini unutmasligimiz lozim. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi, Mehnat kodeksining 7-moddasi hamda “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq, majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali iş bajarişga majburlaş taqiqlanadi. Şunga köra, heç kimni öz xohişiga qarşi ravişda paxta yiğim-terimiga jalb qiliş mumkin emas.

Talabalarga kelsak, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari talabalari öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisida”gi nizomda talabani paxta-yiğim terimida iştirok etmaganligi uçun OTMdan çetlatiş nazarda tutilmagan.

Xöş, özi qanday sabablar bilan talabani OTMdan çetlatiş mumkin?

Nizomning 36-bandiga köra, talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda çetlaştirilişi mumkin:

a) öz xohişiga binoan;
b) öqişning boşqa ta'lim muassasasiga köçirilişi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
g) öquv intizomini va oliy ta'lim muassasasining içki tartib-qoidalarini buzganligi uçun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ye) öqiş uçun belgilangan tölov öz vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli (tölov-kontrakt böyiça tahsil olayotganlar uçun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Körib turganingizdek, ular safida “paxta yiğim-terimida iştirok etmaganligi uçun” degan band yöq. 

Şuningdek, mabodo oliygoh ixtiyoriy paxtaga borişni istamagan talabani “öquv intizomini va oliy ta'lim muassasasining içki tartib-qoidalarini buzganligi uçun” degan vaj bilan OTMdan çetlatmoqçi bölsa, bu ham amaldagi qonun talablariga zid hisoblanadi. Sababi OTMlarning içki tartib-qoidalarida talabaga paxta yiğim-terimida iştirok etiş majburiyati mumkin emas, bunday qoida birorta OTMda yöq.

Agar bunday taşabbusga qöşilmagan talabani OTM ma'muriyati boşqa sabablar bilan, masalan, sessiya paytida atayin qiynab yoki doimiy ta'qib ostiga olib çetlatişga urinsa, talaba öz huquqlarini himoya qilişni sörab prokuratura organlariga murojaat qilişi mumkin.