Qaşqadaryoda paxta xaridi böyiça raqobat çeklanmoqda
|17:38 / 27.09.20248 3726 min
“Dislokatsiyadan taşqari birortangiz özingizdan boşqa territoriyaga kirmanglar. Har bir klaster eşitib olsin, birjaga qöyiladigan paxtani 6800 sömdan ortiğiga urmang”, deya topşiriq bergan Qaşqadaryo viloyati hokimligidagi amaldor. Prezident qarorida savdolar viloyat miqyosida ötkazilişi belgilangan. Raqobatni çeklovçi bunday dislokatsiya qonunçilikda yöq.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Prezident qaroriga köra, paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan fermer xöjaliklari bilan kelgusi yil hosili uçun paxta xomaşyosini yetiştiriş böyiça fyuçers şartnomalari har yili 1 oktyabrga qadar tuzilişi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioda Qaşqadaryo viloyati hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça maslahatçisi Ğanişer Haydarov klasterlarga 6800 sömdan qimmat narxda şartnoma qilmaslikni aytgan.
“Hurmatli klasterlar, dislokatsiya böyiça hamma bir-birining hurmatini bilsin. Dislokatsiyadan taşqari birortangiz özingizdan boşqa territoriyaga kirmanglar. Har bir klaster eşitib olsin, birjaga qöyiladigan paxtani 6800 sömdan ortiğiga urmang. Kimda kim 6800 sömdan ortiğiga ursa, öziga zarar, özi tölaydi. Şuni esdan çiqarmanglar. Hamma bilib olsin, paxtaning narxi – 6800 söm. Sotib oliş ham, sotiş ham 6800 söm. Bir-biringizni hurmat qilinglar, dislokatsiya böyiça qöyilgan fermerlarni özingizdan taşqari klaster yutib olmasin, şuni e’tibordan çetda qoldirmanglar”, – deydi mulozim.
U yana bir audioda klasterlarni ogohlantirgan: 7000-8000 sömdan fyuçers şartnomasi qilganlar narx bu yilgidek hukumat tomonidan pasaytirib berilişini kutmasligi kerak.
“Men hozir birjaga kirib çiqdim, yana bir öylab köringlar. Yana 6800 sömga tuşar ekan desangiz, xato qilasizlar”, – deydi Ğanişer Haydarov.
Viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov yuqoridagi audio Ğanişer Haydarovga tegişli ekanini tasdiqladi. U mulozimning ogohlantirişini “fermerlarning foydasiga” deb talqin qildi.
“Paxta-töyimaçilik klaster korxonalariga birjaga örtaça xarid narxi 6800 sömdan yuqori narxda sotib olingan paxtani xarid narxi böyiça qöşimça bitim tuzilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 574-sonli qarori kuçga kirganidan söng, klaster korxonasi tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta xarid narxida tölanişi böyiça klaster korxonalariga murojaat qilingan.
Bundan kelib çiqadiki, fermer xöjaliklarining manfaatlarini közlab, fyuçers şartnomasida körsatilgan narxlarda klaster korxonasi tomonidan tölanişi
Mavzuga oid
fermerlarimizga foyda keltiradi
”, – deyiladi hokimlik izohida.
Kun.uz mazkur holatga Raqobat qömitasining aralaşuvini zarur deb hisoblaydi. Çunki holat viloyat hokimligi izohlayotganidek emas: klasterlarning narx böyiça raqobat qilmasdan, narxni amaldor belgilab berişi fermerlarning foydasiga işlamaydi.
Qolaversa, prezident qarorida birjadagi savdolar hududiy doirada, ya’ni butun viloyat miqyosidagi fermerlar va klasterlar örtasida bölib ötişi belgilangan. Hokimning maslahatçisi aytayotgan dislokatsiya (tumanlar yoki tumanlar guruhi doirasidagi çeklov) qonunçilikda közda tutilmagan. Kelgusi yil hosili uçun fyuçers savdolari uşbu dislokatsiya doirasida, ya’ni ma’muriy aralaşuv bilan raqobat sun’iy çeklangan tarzda ötişiga antimonopoliya organi tomonidan tegişli baho berilişi maqsadga muvofiq.
“Raqobat töğrisida”gi qonunning 19-moddasiga binoan, raqobatga qarşi kelişuvlar va muvofiqlaştirilgan harakatlar, xususan, narxlarni sun’iy ravişda belgilaş, tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip böyiça bölib oliş taqiqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalgi yillarda qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan paxta va çigit böyiça hududiy taqiqlar örnatilişi Qaşqadaryo viloyatida köp bora röy bergan. 2022 yilda viloyat hokimi Murodjon Azimov viloyat hududidan çigit olib çiqişga noqonuniy taqiq qöyib qöygan, bu noroziliklarga sabab bölgandi.
Şu kabi bir qator şov-şuvli holatlardan keyin, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning Özbekiston hududida erkin harakatlanişini çeklab qöyiş qonunan taqiqlangan, bu haqda yangilangan Konstitutsiyaga ham alohida band kiritilgandi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda fermer–klaster munosabatlarini bozor relslariga ötkaziş böyiça ötgan yili prezident qarori imzolangan edi.
Şu qarorga asosan, ilk marta 2024 yilgi hosil uçun fyuçers şartnomalari tovar xomaşyo birjasida (har bir hudud uçun alohida) ötkazilgan savdolar orqali imzolangan edi. Bunda bir qator holatlarda kilosiga 8500 söm va undan yuqori narxlarda ham şartnomalar tuzilgandi.
Lekin, terim davriga kelib, klasterlar fermerlardan paxtani şartnomada körsatilgan narxlarda sotib olişni istamay qoldi. Ular bunga jahon bozorida paxta narxlari tuşib ketgani, xomaşyoni qimmat narxda oladigan bölsa, eksport bozorlarida boşqa işlab çiqaruvçilarga raqobat qila olmasliklarini vaj qilib körsatdi.
Hukumat bu örinda tadbirkorlar örtasidagi şartnomaviy munosabatlarga aralaşib, klasterlarning xohişini bajarişga qaror qildi. Vazirlar Mahkamasining 16 sentabr kungi qaroriga asosan, joriy yilgi hosil uçun tuzilgan fyuçers bitimlariga qöşimça şartnomalar tuzilib, narx 6800 sömgaça tuşirildi.
Hukumat fermerlarning zararini qisman qoplaş maqsadida, ularga muayyan tartibda paxtaning tonnasiga 1 mln sömdan subsidiya tölanişini e’lon qildi. Şu tariqa, klasterlar şartnoma tuziş orqali öz zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlarning bir qismini (3,5 trillin söm) soliq tölovçilar kötaradigan böldi.
Qişloq xöjaligi vazirligi 25 sentabr kuni bergan axborotdan ma’lum böldiki, 90 foizdan ortiq fermer paxta narxini pasaytirişga köndirilgan. Qator holatlarda qöşimça şartnomalar ixtiyoriy-majburiy tarzda tuzilgani, fermerlarga bosim ötkazilgani aytilmoqda.
Bir neça kun oldin Surxondaryo viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Rahmatullo Ğafforov hamma fermerlarni majlisga yiğib, jönatilgan blankaga muhr va imzo qöydiriş topşiriğini bergani aks etgan audio tarqalgandi.
Kun.uz bu mavzuda Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov va iqtisodçi Otabek Bakirov bilan intervyu taşkil etgandi.