Birjada paxta narxi 11 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu nimadan darak?
Hukumat jahon bozorida paxta arzonlashgani vaji bilan klasterlarga yordamga shoshilgan va ma’muriy yo‘l bilan paxta narxini 6800 so‘mga tushirgandi. Lekin birja savdolari vaziyat boshqachaligini ko‘rsatmoqda. Paxtani 6800 so‘mdan ancha baland – 8-10 ming so‘m atrofida, hatto 11 100 so‘mgacha narxda sotib olayotgan klasterlar bor.
Agrobiznes assotsiatsiyasi raisi Kamoliddin Ikromov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda paxta narxi borasidagi oxirgi voqealar, xususan, narxning ma’muriy yo‘llar bilan tushirilayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 26 sentabr kungi birja savdolarida paxta xomashyosi minimal 6800 so‘mdan ancha baland narxlarda: 7850, 8000, 9000, 1000, hatto 11100 so‘mgacha narxlarda sotilgan.
“Bu qanday sodir bo‘lganiga kelsak. Ayrim klasterlar reyestrdan chiqarilgan, ayrim tumanlarda hokimliklar fermerlar bitta klaster bilan ishlasin deb, ularni rozi qilib, shartnomalari bekor qilingan va ular yetishtirgan paxtani minimal 6800 so‘m boshlang‘ich narx bilan qaytadan birja savdolariga qo‘ygan. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fermerlarning baxtiga mard klasterlarimiz bor. Ular qonunlarga, prezident farmonlariga amal qilib, paxtani bozor bahosida, real narxlarda sotib olishgan. Bunday holat faqat voha emas, vodiy viloyatlarida ham kuzatilyapti.
Bundan qanday xulosa qilsa bo‘ladi? Ayrim mutasaddilar o‘z asl vazifalari qolib, qaysidir tadbirkorlarning manfaatlarini ko‘zlab, yuqori idoralarga go‘yoki paxta narxi arzonlab ketgani va agar xukumat vaziyatga aralashib, narxlarni barqarorlashtirib, klasterlarga qulay ko‘rinishga keltirmasa, ahvol yomon bo‘lishini aytib, noto‘g‘ri ma’lumot yetkazgan bo‘lishi mumkin. Bu bilan ular xalqni va hukumatni manipulyatsiya qilishga urinishgan, degan tasavvur bizda bor”, – deydi Ikromov.
Soha mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, bozorga ma’muriyat aralashuvlar bo‘lmasa, fermerlar va klasterlar o‘zlari tezda til topishib oladi.
“Aslida prezidentning 205-sonli farmoni bilan paxtachilikda bozor munosabatlariga o‘tish yakunlangan. Bu esa fermerlar, klasterlar va ayniqsa ayrim mutasaddilarni shok holatiga tushirdi. Bu tabiiy. Misol uchun, xirurgik operatsiyaga muhtoj odam operatsiya qildirmay, “davolanib” yursa, bu yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Ammo operatsiya qilinsa, og‘riqdan dodlab o‘zini noadekvat tutishi tabiiy hol. Doktor va kasal odam orasiga ayrim dallollar aralashaversa, natija yomon bo‘lishini hamma tushunsa kerak. Prezidentning paxtachilikda bozor munosabatlariga o‘tish to‘g‘risidagi 205-farmoni bu – xirurgik operatsiya. Buni tushunib yetishimiz shart.
Mana g‘allachilikda rostmana bozor munosabatlariga o‘tildi. Bu yil bug‘doy narxlari juda arzon bo‘ldi, ko‘pchilik fermerlar bug‘doylarini zarariga sotishdi, lekin ular na subsidiya so‘rashdi, na bug‘doy arzonlab ketganidan shikoyat qilishdi. Chunki g‘allachilik sohasidagi munosabatlar davolanib bo‘lgan”, – deydi Agrobiznes assotsiatsiyasi raisi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

14:29 / 10.03.2025
“Chigit ekish muddatini majburan belgilab berish noto‘g‘ri” - mutaxassislar

17:10 / 04.03.2025