Muxtor viloyat politsiyasi IIVning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvi ostiga o‘tkazilganidan so‘ng, deya ta'kidlaydi El Pais, Kataloniya hududida jamoat tartibini saqlashga javobgar bo‘lgan barcha tuzilmalar Madridning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvi ostida turibdi.

Kataloniya mustaqillik bo‘yicha referendumni 1 oktabrga belgilagan. Ispaniya hukumati uni noqonuniy va konstitutsiyaga zid, deya e'lon qilgan.

Refendumga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun muxtoriyatning 10dan ortiq yuqori mansabli amaldorlari qo‘lga olindi, ovoz berish uchun mo‘ljallangan milliondan ortiq byulletenlar olib qo‘yildi.